30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:04
Jamiyat 👁 320

2020-yil sarhisobi va 2021-yil rejalari

2020-yil sarhisobi va 2021-yil rejalari

Rahmatulla MATQURBONOV, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri:

Yosh avlodning umumiy oʻrta taʼlim maktabida qanday oʻqitilishi – oʻqituvchilarning bilimi va kasb mahoratiga koʻp jihatdan bogʻliq. Shuning uchun ham taʼlim tizimi tubdan isloh qilinib, oʻqituvchilarning oʻz ustlarida ishlab, salohiyatini yuksaltirib borishlariga, bolalarga sifatli taʼlim berilishiga ulkan eʼtibor qaratilmoqda.

Tumanimizda ham yosh avlodning  jahon andozalari darajasida zamonaviy bilimlarni egallashi, umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻqituvchilarining salohiyatini yuksaltirish uchun turli seminar-treninglar, tadbirlar oʻtkazilmoqda, kasbiga masʼuliyati oshirilmoqda.

Shuningdek, ular har tomonlama qoʻllab-quvvatlanib, mehnatlari ragʻbatlantirilmoqda va mavqei yuksalishiga erishilmoqda.

Oʻquvchi-yoshlarning qunt bilan oʻqib, maʼrifatli, maʼnaviyatli boʻlib, kamol topishiga gʻamxoʻrliklar tobora kuchaytirilayapti.

Yakunlanayotgan yilda 40-sonli va 4-, 18-, 36-, 41-, 51-sonli maktablarning tom qismi, isitish tizim-lari taʼmirlanib, yogʻoch romli derazalar plastik romli derazalarga almashtirilmoqda. Bu ishlar mazkur maktablarda oʻquvchilarning qulay sharoitlarda taʼlim-tarbiya olishini taʼminlaydi.

Bu saʼy-harakatlarning barchasi yosh avlod kamoliga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Maʼlumki, taʼlim va tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy shartidir. Ana shunday yuksak talabga munosib boʻlish burchi va masʼuliyati bilan mehnat qilayotgan tumanimiz taʼlim tizimi xodimlarini, xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklayman, yurtimiz tinch-osoyishta boʻlsin!

 

Faxriddin ABDULLAYeV, tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori vazifasini vaqtincha bajaruvchi:

Yakunlanayotgan yilda dunyo xalqlari qatori bizning yurtdoshlarimiz ham ogʻir sinovlarni boshidan kechirdi. Koronavirus pandemiyasi, ketma-ket yuz bergan tabiiy ofatlarga qarshi kurashda xalqimizning mustahkam hamjihatligi, mehr-oqibati, sabr-matonati yaqqol sinovdan oʻtdi.

Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi keng tarqalib ketishining oldini olish, jilovlashga erishish borasida  olib borilgan oqilona chora-tadbirlar natijasida bugungi kunda vaziyat barqarorlashgani barchani quvontiradi, oʻz jonini xatarga qoʻyib, bemorlarga shifo ulashgan tibbiyot xodimlariga el mehri yuksaldi.

Joriy yilda tumanimiz aholisini koronavirusdan himoya qilish va davolash ishlariga, tibbiyot xodimlarining shaxsiy himoyasi uchun jami 707 mln. 906 ming 867 soʻm pul mablagʻi sarflandi. Shuningdek, koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot xodimlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadlariga 1 mlrd. 344 mln. 541 ming soʻm mablagʻ inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan toʻlandi.

Davlatimizning buningdek gʻamxoʻrligini hamma bilishi kerak. Bugungi kunda Muhtaram Yurtboshimizning 2020-yil 12-noyabrdagi 6110-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi barcha tibbiyot muassasalari orqali birlamchi yordam tizimida jami 87 ta brigada tashkil etilib, aholi xatlovdan oʻtkazilmoqda. Har bir brigadaga 1 nafar umumiy amaliyot shifokori, 4 nafar patronaj hamshirasi biriktirilgan va zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlangan.

Shuningdek, aholining sogʻlom turmush tarziga amal qilish, jismoniy faolligini oshirish borasida targʻibot-tashviqot olib borilayapti. Boisi, el sogʻligʻi – ulkan boylik.

 

Saida SODIQOVA, tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri:

Hozirgi kunda tumanda 50 ta  davlat, 4 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi va 54 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Ushbu tashkilotlarda jami 420 ta guruhlar mavjud boʻlib, asosiy guruhlar 250 ta, qisqa muddatli guruhlar 160 ta, majburiy bepul boshlangʻich taʼlim guruhlari esa 10 tani tashkil qiladi.

Ushbu tashkilotlarga qamrab olingan bolalar soni 10052 nafarni, yaʼni 16682 nafar maktabgacha yoshdagi bolalarning 60,2 foizini tashkil qiladi. 

2020-yilda Kipchoq ovulida joylashgan 20-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida investitsiya dasturi asosida rekonstruktsiya hisobidan yangidan qurilish ishlari bajarildi. Tosh yop ovulida joylashgan 13-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti filiali 2020-yil investitsiya dasturi asosida rekonstruktsiya ishlari hisobidan umumiy qiymati 2 mlrd. 750 mln. 210 ming soʻmlik yangi 90-oʻrinli binoning qurilish ishlari yakuniga yetay deb qoldi. Bundan tashqari, Oybek mahallasida joylashgan 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida investitsiya dasturi asosida rekonstruktsiya qilish ishlari boshlangan boʻlib, qurilish ishlari 2021-yil yanvar oyida yakuniga yetkazilishi rejalashtirilgan.

2020-yil yakuniga qadar 24 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tezkor optik tolali internet tarmogʻiga ulash ishlari yakuniga yetkazilishi belgilangan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 204-sonli buyrugʻiga asosan tuman davlat MTT lari 48 ta zamonaviy noutbuklar bilan taʼminlandi.

Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 132-sonli qaroriga asosan tumandagi 8 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida 10 ta majburiy taʼlim guruhlari tashkil etildi.

Yil yakuniga qadar maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish koʻrsatkichi 63,3 foiz (10560 nafar) tashkil qilishi kutilmoqda. Bolajonlar baxtiyor va shodon ulgʻayishi uchun bor kuch va gʻayratimizni safarbar etamiz.

Barchaga Yangi yil qutlugʻ boʻlsin!

 

Shuhrat YuSUPOV, tuman Madaniyat boʻlimi mudiri:

Har qanday davlatning mavqeini undagi madaniyat, maʼnaviyat rivoji belgilaydi. Bizning sohamiz ana shu maqsadlarga xizmat qilayotganidan mamnunman.

Tuman Madaniyat boʻlimi  tasarrufida 7 ta Madaniyat markazlari, 3 ta Xalq jamoalari, 2 ta Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, 1 ta Madaniyat va istirohat bogʻi, 1 ta maxsus koʻzi ojizlar kutubxonasi mavjud.

Madaniyat va sanʼat sohasiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli  milliy madaniyatimizni rivojlantirish, aholiga namunali sanʼat, kutubxona xizmati koʻrsatish, keng jamoatchilik orasida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va umrboqiy  anʼanalarimizni targʻib etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga erishish borasida ibratga loyiq ishlar qilinayapti. Madaniyat markazlarimizdagi 20 dan ortiq havaskorlik toʻgaraklarida 250 nafardan ortiq yoshlar sanʼat sirlarini oʻrganib, iqtidorini yuksaltirmoqdalar. Shuningdek, yoshlarni sanʼatga keng jalb etish maqsadida joriy yilda qoʻshimcha maqom, sahna tsirki, askiya, ovoz yozish, raqs, baxshichilik, masxarabozlik sanʼati boʻyicha ham toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Boʻlimimiz maʼmuriy binosida bajarilayotgan 2 mlrd. 500 mln. soʻmlik  kapital rekonstruktsiya ishlari poyoniga yetay deb qoldi. Natijada tomoshabinlarga turli dasturlar namoyish etish uchun yanada qulay imkoniyatlar, xodimlarimizning unumli ishlashlariga sharoitlar yaratiladi. Ana shunday xayrli oʻzgarishlar bilan  joriy yil tuman Madaniyat boʻlimi xodimlari uchun unutilmas yil boʻlib qoladi.

 

Dilfuza ABDULLAYeVA, oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha Bosuv MFY raisi oʻrinbosari:

2020-yil xalqimiz uchun ogʻir sinovlar yili boʻldi. Lekin shunday boʻlsada, bizning Bosuv mahallamiz aholisi har bir masalaga hamjihatlik bilan yondashib, muammolarni birgalikda hal qilishdi.

Pandemiya sharoitida ham hududimizdagi fermer xoʻjaliklarida paxta va boshqa qishloq xoʻjalik ekinlaridan moʻl hosil yetishtirildi. Aholi tomorqa yerlarining deyarli barchasida xalqimiz ehtiyoji uchun yetarli hosil yigʻib olindi.

Aholining ehtiyojmand qatlamiga ijtimoiy yordam koʻrsatish, oilaviy nizolarning oldini olish maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Hududimizga masʼul boʻlgan profilaktika inspektori, mahalla faollari bilan hamkorlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgani bois, 2020-yil davomida oilaviy ajrashishlar umuman kuzatilmadi. Mahallamiz hududidagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilaridan koʻpchiligi OTMlarga oʻqishga kirishdi. Bularning barchasi bizga quvonch bagʻishlaydi.

Men xalqimizga yangi 2021-yil yanada omadli kelishini tilayman.

 

Muzaffar Ortiqov, “Zafarbek Sherimmatov” fermer xoʻjaligi rahbari:

Dehqon uchun yilning barcha fasllari qaynoq mehnat damlari bilan kechadi. 2020-yil xoʻjaligimiz ishchilari uchun muvaffaqiyatlar yili boʻldi, desam hech mubolagʻa qilmagan boʻlaman. Muhimi, biz pandemiya xavfidan vahimaga tushmadik. Erta bahorda 33 gektar yerga sifatli qilib chigit ekdik. Gʻoʻza parvarishi davrida barcha agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida bajarilgani bois, kuzda yuqori hosil yetishtirildi va 88,5 tonnalik xirmon bunyod etildi. Bu boradagi shartnomaviy rejani 107 foizga uddaladik. Shuningdek, bugʻdoy xirmonimiz ham sarbaland boʻldi. Davlatga 48 tonna bugʻdoy yetkazib berildi. Pillachilik sohasi boʻyicha ham rejamiz 100 foiz ado etildi. Bundan tashqari, 9,8 tonna sholi hosili oldik. 2020-yilda jami daromadimiz 507 mln. soʻmni, olingan sof foyda esa 156 mln. soʻmni tashkil etdi.

Ayni paytda 2021-yilgi qishloq xoʻjalik ekinlaridan ham yuqori hosil yetishtirish maqsadida qishgi dala ishlarini olib bormoqdamiz. Maqsadimiz, halol mehnatimiz bilan xalq farovonligini, moddiy manfaatdorligini oshirishga oʻz hissamizni qoʻshishdir.

Fursatdan foydalanib, tumanimiz xalqini, barcha yurtdoshlarimizni yangi yil bayrami bilan chin dildan muborakbod etaman. Istagim, yangi yil xalqimizga farovonlik, tinchlik va baxt-saodat olib kelsin!

 

Oyimjon Oʻrozaliyeva, Beruniy MFYda istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi:

Mehnat faoliyatimning asosiy qismi tumanimizdagi yirik qurilish tashkilotida quruvchi-muhandis vazifasida ishlash bilan oʻtgan. Juda murakkab vaziyatlarga duch kelardik. Biron bir qurilish obʼektini rejaga kiritish, loyiha hujjatlarini tayyorlash qiyin kechardi. Loyiha hujjatlari tayyor boʻlgach, obʼekt qurilishini sobiq ittifoq tomonidan boshqariladigan “besh yillik reja”ga kiritish uchun yelib-yugurishlar  boshlanardi.

Bugungi kunda tobora chiroy ochib borayotgan tumanimiz qiyofasida mustaqillik davrining xalqparvarlik siyosati yaqqol aks etib turibdi. Ming shukur, xalqimiz hayoti tobora farovonlashib bormoqda. Amudaryo televideniyesi orqali xalq deputatlari tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisidagi axborot va tumanimiz hokimi S.Yoʻldashevning tuman aholisiga Murojaatini quvonib tingladim. Garchi global tus olgan pandemiya butun dunyo iqtisodining pasayib ketishiga sababchi boʻlgan boʻlsa-da, tumanimizda taʼlim-tarbiya, qurilish sohalariga juda katta miqdordagi mablagʻlar ajratilayotgani, yana yangi-yangi loyihalar rejalashtirilayotganidan bildimki, tumanimiz qiyofasi 2021-yilda yanada goʻzallashadi.

Biz keksalar ana shunday ezgu ishlarda yoshlarga hamisha qoʻl-qanot boʻlishga intilamiz, doimo duodamiz. Nafaqa pullarimizni uyimizgacha olib kelib berishayapti, “Toza hudud” DUK ishchilari koʻchalarimizni saranjom-sarishta qilib qoʻyishibdi. Mahallalarimiz, xonadonlarimiz fayzga toʻla.

Men ushbu qutlugʻ kunlarda barcha yurtdoshlarimizni Yangi yil bilan chin dildan tabriklayman, barchaga sogʻlik-omonlik tilayman.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026