30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:06
Jamiyat 👁 248

2020-yil sarhisobi va 2021-yil rejalari

2020-yil sarhisobi va 2021-yil rejalari

Chorsham Tojimurodov, tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori.

Yakunlanayotgan yil bizning Bolalar-oʻsmirlar sport maktabimiz murabbiylari va tarbiyalanuvchilari hayotida ham oʻchmas izlar qoldirdi.

Yil mobaynida sportning 18 ta turidan mashgʻulotlar hozirgi davr talablariga toʻliq javob beradigan tatami, boks ring, sport trenajyorlari va asbob-uskunalar bilan  toʻliq taʼminlangan zallarda, maydonchalarda koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Natijada tumanimiz sport sharafini yuksaltiradigan koʻpgina yutuqlarga erishdik. Yil mobaynida sport maktabimizning oʻzida 35-marta turli musobaqalar oʻtkazildi. Oʻzbekiston chempionat va kuboklarida 3 ta oltin, 17 ta kumush, 15 ta bronza medallari qoʻlga kiritildi. Shuningdek, Qoraqalpogʻistonda sport maktabimizning dzyu-do jamoasi 1-oʻrinni, taekvando-WTF jamoasi 2-oʻrinni, boks jamoasi 1-oʻrinni, oʻzbek jang sanʼati jamoasi 1-oʻrinni, muaytay jamoasi 1-oʻrinni, futbol jamoasi ham 1-oʻrinni egallab kelmoqda. Mamlakat miqyosida oʻtkazilgan musobaqalar gʻolib va sovrindorlari safi oshayotganidan xursandmiz.

Yana bir muhim yangilik: sport maktabimizning futzalchi qizlari Qoraqalpogʻiston chempionatida 1-oʻrinni egallab, Qoraqalpogʻiston terma jamoasi nomidan yaqinda Toshkent shahrida 2005-2006-yillarda tugʻilgan qizlar orasida oʻtkazilgan musobaqada faxrli ikkinchi oʻrinni egallab  qaytishdi.

Yangi yil hamma uchun yutuqlarga toʻla yil boʻlib kelsin!

 

Gulshod Sobirova, Toshyop ovul fuqarolar yigʻini raisi:

Ovulimiz 4-sektor hududiga kiradi. Prezidentning  tumanimizdagi Xalq qabulxonasi mudiri E.Rajabov hamda tuman Davlat Soliq inspektsiyasi boshligʻi A.Seyitov sektor rahbari sifatida ovulimiz aholisi hayotiga oid muammolarni hal etish borasida doimiy hamkorimiz hisoblanadi. 2020-yil davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, muammolarni aniqlash va ijobiy hal qilish, uyma-uy yurib, oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirildi. Natijada oilaviy ajrashishlar boʻlmadi.

Ovulimizda “Kichkintoy”, “Murodbek”, “Zebo Qilichboy” oilaviy MTTlar barpo etilib, jajji bolajonlarni oʻz bagʻriga oldi. Sektor rahbari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi saʼy-harakatlari bilan hududimizda yashovchi ehtiyojmand ayollardan biri L.Doʻschonovaga 2 xonali uy olishida koʻmaklashildi, yil davomida ovulimiz xonadonlaridan 9 tasida issiqxonalar tashkil etildi. Natijada mazkur xonadonlarda istiqomat qiluvchi ayollar bandligi taʼminlandi.

Kam taʼminlangan oilalar iqtisodi yaxshilandi, tadbirkor ayollar safi oshdi. Hududimizda issiq non pishirish tsexi tashkil etilib, aholiga qulaylik yaratildi.

Ovulimiz ahli 2020-yilni ahillik, oʻzaro mehr-oqibat hamda mehnatsevarlik bilan oʻtkazishdi. Pandemiya sharoitidagi cheklovlar, karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan xalqimiz 2021-yilni yangi orzu-niyatlar bilan qarshi olishmoqda.

Yangi yil xalqimizga baxt va shodlik baxsh etsin, deyman.

 

Zamira SAPAROVA, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Oʻzbekiston Ekologiya partiyasi faoli:

Tarixdan joy olayotgan 2020-yil biz shifokorlarning hayotida oʻzining ogʻir va murakkab sinovlari bilan chuqur iz qoldirdi.

Men Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati hamda Qangli QVP rahbari sifatida doimo xalq orasidaman. Aholi va saylovchilar bilan uchrashuvlarda mamlakatimizda chinakam sogʻlom turmush tarzini qaror topshirishda, insonlarning hayot davomiyligini taʼminlashda atrof-muhitning saranjom-sarishtaligi, koʻkalamzorlashtirish ishlarining  nihoyatda muhimligi haqida koʻproq suhbatlashaman.

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi faollari ona tabiatni asrab-avaylash, uni yanada boyitish, tabiiy oʻrmonzorlar hududlarini kengaytirish, aholining  ekologik madaniyatini oshirish borasida keng qamrovli ishlarni amalga oshirishmoqda. Xususan, tumanimizdagi yirik irrigatsiya tarmoqlarining tozaligini taʼminlash, kanallarning muhofaza hududlaridagi tabiiy daraxtzorlarning noqonuniy kesilib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, noqonuniy ov qilish, turli chiqindilar bilan atrof-muhitga, ayniqsa, tuproq ekologiyasiga zarar yetkazish holatlarining oldini olish maqsadida aholi va yoshlar oʻrtasida tez-tez tushuntirish va targʻibot uchrashuvlari oʻtkazilib, atrof-muhit muhofazasi mavzusidagi bukletlar tarqatilmoqda.

Men fursatdan foydalanib, aziz yurtdoshlarimizni yangi 2021-yil bilan chin dildan tabriklayman.

 

Otabek RAHIMBOYeV, “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohibi, Qoraqalpoq Davlat Universitetining geografiya va tabiiy resurslar fakulteti 4-bosqich talabasi:

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga juda katta imkoniyatlar yaratilgan. Mana shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar koʻp.

Men ham ana shunday intiluvchan yoshlar qatoridan munosib joy olish uchun harakat qilaman. Tarixga muhrlangan 2020-yil men uchun juda omadli keldi.

Faqat 2020-yilning oʻzida 12 ta turli darajadagi koʻrik-tanlovlarda ishtirok etib, gʻoliblar safidan joy oldim.

2020-yilning 3-fevral kuni “Yil talabasi-2019” respublika tanlovida “Yilning eng faol bloger talabasi” nominatsiyasi boʻyicha faxrli 3-oʻrin sohibi boʻldim, bundan boshqa 20ga yaqin tanlovlarni hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkillashtirib, oʻzim qatori yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishiga oʻz ulushimni qoʻshdim.

Shuningdek, Mustaqilligimizning 29 yilligi oldidan Prezidentimiz Qarori bilan “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotiga sazovor boʻldim. Bu menga juda kutilmagan sovgʻa boʻldi. Bu mukofot mening oʻqishda, ijodda va jamoat ishlarida erishayotgan yutuqlarim uchun emas, balki kelajakda mamlakatimizning rivojlanishiga tanlagan sohamda oʻz ulushimni qoʻshish uchun berilgan bir imkoniyat deb bilaman va, albatta, bu ishonchni oqlashga harakat qilaman.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026