14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 23:51
Fan va taʼlim 👁 199

NAVOIY DAHOSIGA EHTIROM KOʻRSATILDI

NAVOIY DAHOSIGA EHTIROM KOʻRSATILDI

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha oʻquv muassasalarida, ijodiy jamoalarda, har bir mahalla va xonadonda hazrat Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan koʻpmillatli xalqimiz uchun deyarli yod boʻlib ketgan shoir gʻazallari, ruboiylari qayta-qayta jaranglamoqda.

Tumanimizdagi 45-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Gʻazal mulkining sultoni” mavzusida oʻtkazilgan adabiy-musiqiy tadbirda ulugʻ bobokalonimiz asarlarining dunyo xalqlari hayotida tutgan oʻrni, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishdagi beqiyos ahamiyati haqida oʻquvchi-yoshlar faxrlanib soʻz yuritdilar.

Tadbirni maktab direktori Guloyim Qalandarova ochdi va Alisher Navoiyning buyuk maʼnaviy merosi hamda asarlarining yoshlar taʼlim-tarbiyasidagi ahamiyati haqida batafsil toʻxtaldi. Ayniqsa, yoshlar kamoloti, ota-onaning  farzand oldidagi burch va vazifalari, farzandning ota-onaga ehtiromi, masʼuliyati, shoirning “Hayrat ul-abror” asarining badiiy qimmati xususida gapirib berdi. Maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Soatboy Matkarimov ham soʻzga chiqib, Navoiy asarlarining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida qisqacha toʻxtaldi.

Shundan soʻng, maktabning 9-10-sinflar oʻquvchilari shoir gʻazallarini ifodali oʻqib berdilar hamda ruboiy va tuyuqlarining mazmun-mohiyati xususida bir-birlariga savollar berishib, Navoiy asarlaridan olgan taassurotlari haqida toʻlqinlanib soʻzladilar.

Tadbirning musiqiy qismida oʻquvchilar shoirning “Kelmadi”, “Mubtalo” gʻazallari asosida xalq hofizlari tomonidan kuylangan ashulalarga raqsga tushdilar. Oʻquvchilarning oʻzlari ham shoir gʻazallarini kuyga solib ijro etishdi.

Alisher Navoiy asarlari asosida tayyorlangan kichik sahna koʻrinishlari orqali shoirning yurt obodonchiligi, xalqlar tinchligi, yoshlar taʼlim-tarbiyasi xususida fidoyilik bilan qilgan bunyodkorlik ishlari, ayniqsa, madrasa talabalariga koʻrsatgan begʻaraz moddiy yordamlari, mamlakatni obod qilish, ijod ahlini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirgan katta bunyodkorlik ishlari, saxovatpeshaligi namoyish etildi.

Ushbu tadbirni maktabning ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari Shodiya Tojiboyeva va Eʼtibor Shukurullayevalar 9-10-sinflar oʻquvchilari bilan hamkorlikda tayyorlashdi. Tadbir katta mahorat va izlanuvchanlik mahsuli sifatida barchaga manzur boʻldi. Navoiy asarlari, uning yorqin va ibratli hayoti, davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyatini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari, sahna bezaklari ishtirokchilarga maʼnaviy ruh bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019