FAVQULODDA VAZIYaTLAR BOʻLIMI OGOHLANTIRADI
Gidrometeorologiya xizmati markazining 2021-yil 10-mart kungi taqdim etgan 380-01/104-sonli axborot xabarnomasiga asosan, joriy yilning 13-14-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Volga boʻyi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo kirib kelishini maʼlum qilamiz.
13-14-mart kunlari Respublika hududida yomgʻir yogʻadi va yogʻingarchilik 14-martga oʻtar kechasi qorga aylanib, ayrim joylarda kuchayadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 13-mart kuni qor yogʻib, baʼzi joylarida kuchayadi.
14-15-mart kunlari Respublika hududida havo harorati kechasi -2-7°C sovuq, kunduzi 2°C sovuq va 3°C iliq boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida kechasi -10-15°C gacha sovuq va kunduzi -2-7°C gacha sovuq boʻladi.
13-14-mart kunlari ayrim joylarda shamol 17-22 m/s (62-80 km/soat) tezlikda esib, vaqti vaqti bilan shamol tezligi 25-28 m/s (90-101 km/soat)gacha kuchayishi mumkin.
Kutilayotgan kuchli shamol, sovuq, nam havo harorati chorva mollarini yaylovlarda parvarish qilish va saqlashda, avtotransport vositalarining harakati, aloqa tashkilotlari, kommunal va energetika xizmatlari faoliyatini murakkablashtirishi mumkin.
Mazkur maʼlumotni inobatga olgan holda, tumanimiz aholisini sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga, shunday holat yuzaga kelganda ularning oqibatlarini bartaraf etish va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrishga chaqiramiz.
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶