02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 11:17
Jamiyat 👁 144

BOBUR NOMLI OVUL HUDUDIDAGI IShSIZ YoShLARGA EKIN YeRLARI AJRATIB BERILDI

BOBUR NOMLI OVUL HUDUDIDAGI IShSIZ YoShLARGA EKIN YeRLARI AJRATIB BERILDI

Respublikamizning barcha hududlarida “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida Amudaryo tumanida ham fermer xoʻjaliklari hududidan yerlar ajratib berilib, yoshlarning bandligi taʼminlanmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar masalalariga bagʻishlab, joriy yilning 27-yanvar kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Bobur nomli ovul hududidagi «Abdulla» fermer xoʻjaligida 16 nafar ishsiz yoshlarga yerlar boʻlib berilib, sertifikatlar tarqatildi. Ushbu yer ajratish va sertifikat tarqatish tadbirida tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Nurbek Kamolov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi bosh mutaxassisi Sardor Kuraboyev, Bobur ovul fuqarolar yigʻini raisi Gulbahor Reyimova hamda ovuldagi ishsiz yoshlardan 16 nafari qatnashishdi.

Tadbirda masʼullar har bir qarich yerdan unumli foydalanish, intensiv usulda mahsulot yetishtirish hamda ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida “Har bir yoshga – bir gektar” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtdilar. Shundan soʻng, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ushbu yoshlarning har biriga 0,2 ga yer maydoni ajratildi.

Shu yerning oʻzida soha mutaxassislari tomonidan yoshlarga ertangi ekinlar turlari, ularni ekish va parvarishlash agrotexnikasi haqida batafsil tushunchalar berildi.  Shuningdek, yerga ishlov berish, yer unumdorligini oshirish va boshqalar toʻgʻrisida kerakli maʼlumotlar berib oʻtildi. Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Nurbek Kamolov bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa, ularni ish bilan taminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida keng toʻxtalib oʻtdi. Ayniqsa, hozirda turli loyihalar doirasida kreditlar ajratish, shu orqali yoshlarni ishbilarmonlik va kichik tadbirkorlikka jalb etish keng yoʻlga qoʻyilganini alohida taʼkidladi.

Maʼlumki, mamlakatimiz aholisi soni ortib borishi bilan bir qatorda uning mehnat bandligini taʼminlash masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining aynan ishsizlik muammosini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlari bu borada qator ijobiy natijalar bermoqda. Ayniqsa, ishsiz yoshlarni ish oʻrinlari bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan ishlar natijasida yosh tadbirkorlar soni ortayotgani, ularning davlatimiz byudjetiga qoʻshayotgan hissasini alohida takidlash joiz.

Tadbir davomida suv, oʻgʻit hamda texnika yordami borasidagi muammolar muhokama qilindi. Oʻz navbatida yoshlar ham oʻzlariga ajratilgan yerlardan unumli foydalanib, makkajoʻxori ekishni, pishib yetilganidan soʻng ham don, ham yem-xashak mahsulotlarini xalqqa yetishtirib berishni rejalashtirishayotganini, shu bilan birga yaxshigina daromad topib, oʻz oilalariga moddiy yordam berishlarga imkoniyat yaratilganidan mamnunligini bildirishdi.

Ekin maydonlari ajratib berilib, bandligi taʼminlanayotgan ushbu yoshlar ham zimmalaridagi masʼuliyatni his qilgan holda mutasaddi tashkilotlar va xalqimiz ishonchini oqlab, oʻz oilasiga daromad keltirish bilan birga yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshishadi.

Komronbek Kamolov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026