Temir yoʻl stantsiyasi va vokzal qurilishi boshlandi
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyovning tashabbusi va topshiriqlariga asosan Amudaryo tumanida, Amudaryo ustiga avtomobil va temir yoʻl qoʻshma koʻprigi hamda shu bilan birga 79 km. uzunlikdagi temir yoʻl qurilishi amalga oshirilmoqda.
Bugun - 27-may kuni ushbu loyiha asosida Amudaryo tumani hududidagi 4r160 "Urganch sh - Gurlan sh - Mangʻit sh. – Turkmaniston Respublikasi chegarasi” davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻli boʻyida, Kuyuk koʻpir ovuli hududida temir yoʻl stantsiyasi va vakzal qurilish ishlarining boshlanishi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi B.Matmurodov, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ raisi oʻrinbosari Zafar Maxamatov , Amudaryo tuman hokimi S.Yoʻldoshev, tuman faollari, nuroniylar va masʼul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida qurilish maydoniga ramziy qoziq qoqilib, qurilish ishlar boshlab yuborildi.
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶