02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 11:16
Jamiyat 👁 237

TAʼQIQLANGAN HUDUDLARDA ChOʻMILMANG!

TAʼQIQLANGAN HUDUDLARDA ChOʻMILMANG!

Toʻrtta fasl oʻz jozibasi va goʻzalligini namoyon etadigan yurtimiz tabiati har bir insonga huzur-halovat bagʻishlaydi. Ayniqsa, yoz faslining issiq tafti, maftunkor manzaralari insonni soya-salqin, bahavo joylarga chorlaydi. Bunda huzurbaxsh, yoz quyoshi singgan suvda choʻmilish inson vujudiga huzur bagʻishlaydi.

Biroq choʻmilish insonga qanchalik huzur bagʻishlamasin, suvda choʻmilish, suzishni bilishdan tashqari, suvning sanitariya-gigiyena  qoidalariga mos kelish-kelmasligini aniqlash va ana shundan keyingina choʻmilish  zarur. Belgilanmagan joylarda, xususan, anhorlar, tezoqar katta va chuqur kanallar, daryolarda, zax suvlarda choʻmilish aslo mumkin emas. Ana shunday joylarda “suvda choʻkish men va mening yaqinlarim bilan sodir boʻlmaydi”, qabilidagi befarqlik, beparvolik tufayli har yili dunyo boʻylab 300 ming nafarga yaqin insonlar, koʻpincha yosh bolalar, bevaqt hayotdan koʻz yumishmoqda.

Suvda choʻkish bilan bogʻliq oʻlim holatlarining qariyb 90-95 foizi ota-onalar tomonidan nazoratsiz qoldirilgan yosh bolalar hissasiga toʻgʻri keladi. Bunday baxtsiz hodisalar koʻpincha kattalarning spirtli ichimlik ichib, belgilanmagan hududlarda, oʻzboshimchalik bilan taʼqiqlangan joylarda choʻmilishi oqibatida ham sodir boʻlayotgani juda achinarli.

Tumanimizda ham yoz mavsumi kelishi bilan koʻpincha oqar suv havzalari, anhor va katta kanallar choʻmiluvchilar bilan gavjum boʻladi. Shu bois, yoz mavsumi kelishi bilan kattalar va yosh bolalar choʻmilishi mumkin boʻlmagan suv havzalarida tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi va Jamoat salomatligi boʻlimi, tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida nazorat tadbirlari oʻtkazilib, aholi va yosh bolalarning taʼqiqlangan hududlarda choʻmilishining oldi olinmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021-yil 26-may kungi “2021-yil choʻmilish mavsumi mobaynida koʻl, daryo va kanallar akvatoriyalarida yasama havzalar hamda choʻmilish taʼqiqlangan hududlarda odamlarning hayoti va sogʻligini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar” rejasining ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani hokimlining maxsus chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va ishchi guruh tuzilib, faoliyati yoʻlga qoʻyildi. 2021-yil 26-may kunidan boshlab har kuni ishchi guruh aʼzolari bilan tuman hududidan oʻtuvchi Amudaryoning choʻmilish taʼqiqlangan hududlarida reydlar tashkil qilinib, fuqarolarning belgilanmagan joylarda choʻmilishlarining oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Aholi gavjum joylarga, qoʻl, daryo va kanallar boʻylariga “Belgilanmagan joylarda choʻmilish hayot uchun xavfli” mazmunida bannerlar oʻrnatilib, ommaviy axborot vositalari orqali aholiga zarur tushunchalar berilib borilmoqda.

Yoz mavsumining ilk kunlaridanoq tumanimiz hududidan oqib oʻtuvchi yirik suv havzalari – Qilichboy arna, Mangʻit arna, Qipchoq arna, Bosuv kanallari hamda Toshyop katta arigʻi va yirik zaxkashlarda tez-tez nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, yosh bolalarni aslo nazoratsiz qoldirmaslik, ularning tez oquvchi va boʻylama chuqurligi oʻta chuqur boʻlgan katta kanallarda, ayniqsa, daryoda choʻmilishlariga yoʻl qoʻymaslik, maboda, bolalar orasida suvga choʻkish, koʻp miqdorda suv yutish holatlari yuz bergan taqdirda birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha maslahat va tavsiyalar berilib, choʻmilishda nimalarga eʼtibor berish zarurligi boʻyicha bukletlar tarqalildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026