Davlat xizmatlarini koʻrsatishda agentlar faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda
Mamlakatda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda va modernizatsiya qilinmoqda, bu aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirish imkonini beradi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida joriy yilning 19-aprel sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlarini koʻrsatishda agentlar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan boʻlib, ushbu qaror bilan davlat xizmatlarini koʻrsatishda tadbirkorlik subektlariga agent sifatida ishtirok etish uchun sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Sertifikat Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasida akkreditatsiyadan oʻtgan nodavlat taʼlim muassasalari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha oʻquv kurslari yakunlariga koʻra 3-yil muddatga beriladi.
Shuningdek, nizomda talabgorlar oʻquv kurslarida qatnashish uchun oʻziga qulay boʻlgan hududdagi oʻquv markazlariga murojaat qilishlari mumkinligi, oʻquv kurslarida qatnashish uchun toʻlov miqdori oʻquv markazlari tomonidan mustaqil belgilanishi, oʻquv kurslari yakuni boʻyicha talabgorlar sertifikat olish uchun malaka imtihoni topshirishi koʻrsatilgan.
Shu bilan birga, sertifikatga agent tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati ilova qilinadi hamda agentga davlat xizmatlari koʻrsatish axborot tizimida ushbu roʻyxatdagi xizmatlarni koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. Nodavlat taʼlim muassasalari tomonidan agentlarga QR-kod qoʻyilgan sertifikat berish imkonini beruvchi axborot tizimi joriy etiladi.
Nazokat Allaniyazova, tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶