EKSTERRITORIAL TAMOYIL DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATIShDAGI MUHIM QULAYLIK
Eksterritorial tamoyil fuqarolarga, ayniqsa, tadbirkorlarga juda katta qulaylik hisoblanadi. Ushbu tamoyilga oʻtish jarayonlari 2019-yilda boshlangan boʻlib, shu yilning oʻzidayoq davlat xizmatlarini koʻrsatish ushbu tamoyilga asoslana boshladi.
Eksterritorial tamoyil – bu fuqarolar doimiy, yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan, yaʼni joylashgan yeridan qatʼiy nazar, istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish imkoniyati hisoblanadi. Prezidentimizning 2021-yil 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 6191-farmonining qabul qilinishi kelgusida fuqarolarga davlat xizmatlarini koʻrsatishni sifat jihatdan yaxshilashga va osonlashtirishga xizmat qiladi. Taʼkidlash joizki, undan koʻzlangan asosiy maqsad davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlarida eskirgan byurokratik tartibotlar, ortiqcha qogʻozbozlik, ish faoliyatini tashkil etish uchun muhim boʻlmagan hujjatlarni talab qilish, ovoragarchilik va sansalorliklarga chek qoʻyish boʻldi.
Farmonga koʻra, 2021-yil 1-iyunidan etiboran fuqarolarning doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼiy nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi. Aytish kerakki, notarial xizmatlarni amalga oshirish jarayonida ham fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar notarial idoralari tomonidan davlat xizmatlari agentligi yoxud FHDYo organlariga murojaat qilmasdan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha maʼlumot talab etmasdan, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi.
Farmonning 9-bandida 2021-yil 1-iyundan eʼtiboran FHDYo organlari tomonidan davlat statistika organlariga dalolatnoma yozuvlarining nusxalarini yuborish va hisobotlarni topshirish amaliyoti bekor qilindi. Bunda davlat statistika organlari “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga oʻzlarining elektron tizimlarini integratsiya qilgan holda ushbu maʼlumotlarni real vaqt rejimida oladi va statistik maʼlumotlarni shakllantiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 4193-qarori va 6191-farmonida oʻrnatilgan FHDYo organlari faoliyatining yangi tashkiliy-huquqiy tartib taomillari fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarishda, ularning elektron xizmatlardan keng foydalanishini ragʻbatlantirishda va idoralararo integratsiyani kuchaytirishda muhim rol oʻynaydi.
Shunday qilib, FHDYo organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi hamda tartiblarini oʻrnatishda, avvalo xalq manfaatlarining tobora hisobga olib borilishi fuqarolar va davlat oʻrtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni ijobiy tarzda hal boʻlishiga katta hissa qoʻshadi.
M.Eshmuradova, tuman FHDYo boʻlimi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶