02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 08:32
Jamiyat 👁 209

PAXTA QABUL QILISh MASKANIDA YoNGʻINNING OLDINI OLISh BOʻYIChA OʻQUV-MAShQI OʻTKAZILDI

PAXTA QABUL QILISh MASKANIDA YoNGʻINNING OLDINI OLISh BOʻYIChA OʻQUV-MAShQI OʻTKAZILDI

Bu yilgi paxta yigʻim-terim mavsumi boshlanishiga ham oz fursat qoldi. Erta bahorda yerga qadalgan chigit dehqonning mehnati bilan unib-oʻsib, shu kunlarda moʻl hosildan nishona bera boshladi. Hademay oppoq ochilgan paxtalar mohir terimchilar yordamida terilib, qabul maskanlariga keltiriladi va baland xirmonlar koʻtariladi. Mavsum arafasidagi ayni kunlarda paxta qabul qilish maskanlarida muhim palla oldidan tayyorgarlik ishlari qizgʻin tusga kirgan.

Amudaryo tumanida ham paxta yigʻim-terim mavsumini betalafot va samarali oʻtkazish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tasodifiy yongʻinlarning oldini olish va unga qarshi kurashishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Paxta qabul qilish maskanlaridagi yongʻin oʻchirish texnikalari koʻrikdan oʻtkazilib, shay holatga keltirilmoqda.

Yaqinda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan Amudaryo paxta paxta qabul qilish punktida kelib chiqishi mumkin boʻlgan yongʻin holatlarining oldini olish boʻyicha oʻquv mashqlari oʻtkazildi.

Ayoqchi mahallasi hududida joylashgan ushbu maskanning umumiy yer maydoni 1 gektarga teng boʻlib, 17 ta bunt maydonchalarini oʻz ichiga olgan. Hududga kirish 2 ta asosiy darvoza orqali amalga oshiriladi. U yerda yongʻin oʻchirish avtomobillari harakatlanish imkoniyatiga ega. Maskanda bosh, maʼmuriy, maishiy va yordamchi xoʻjaliklar binolari, paxta, chigit va tayyor mahsulotlar omborlari, ustaxona, podstantsiya, tozalash, press va arra tsexlari, quritish barabanlari, oʻtxona, tarozixona, laboratoriya, qorovulxona, oshxona, pillaxona, koʻngilli yongʻindan saqlash deposi ham mavjud boʻlib, yongʻinga qarshi jihozlar bilan taʼminlangan.

Tadbir doirasida barchani hushyorlikka chorlovchi va yongʻin xavfsizligini targʻib qiluvchi eslatma va yoʻriqnomalar koʻrinarli joylarga oʻrnatildi. Mavsumni betalafot oʻtkazish va jalb qilingan ishchi-xizmatchilarning hushyorligini oshirish boʻyicha maslahatlar berildi. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashda yongʻin xavfsizligi xizmatining jangovar shayligi muhim ahamiyatga ega boʻlganligi sababli maskandagi suv olish gidrantlari va hovuzlarning sozligi koʻrikdan oʻtkazildi.

Shundan soʻng, maskan hududida oʻquv mashqi mashgʻulotlari tashkil etildi.  Mashgʻulotlar davomida bunt ustiga paxtani ortayotgan transportyor lentasidan uchqun chiqishi natijasida 2 ta buntda shartli ravishda sunʼiy yongʻin keltirib chiqarildi. Yongʻinni oʻchirishga tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimidagi 3- va 4-sonli yongʻin qutqaruv qismidan 3 ta yongʻin oʻchirish ekipaji, maskanga qarashli koʻngillilardan tashkil qilingan 1 ta yongʻin oʻchirish ekipaji ishtirok etdi. Shunindek, qoʻshimcha ravishda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 1 ta suv tashishga moʻljallangan avtotsisterna va boshqada hamkorlikdagi xizmatlar jalb qilindi. 

Undan tashqari, Taxiatosh tumanining uzoq davom etuvchi yongʻinlarni oʻchiruvchi tayanch maskani texnikalari toʻgʻrisida koʻrgazmali ravishda tushunchalar berildi. Mashgʻulotlarda shaxsiy tarkibning favqulodda yongʻin sodir boʻlganda uni tez va talafotsiz bartaraf etishga qaratilgan koʻnikmalari shakllantirildi.

Tabiat injiqliklarini yengib, ulkan mashaqqatlar evaziga yetishtirilgan va koʻpchilikning yordami bilan yigʻib-terib olingan paxta xirmonlarini tasodifiy yongʻinlardan asrash, imkon boricha shunday holatlar sodir boʻlishining oldini olish lozim. Paxta xomashyosi bilan bogʻliq obʼektlarda bu kabi tadbirlar, yongʻin oʻchirish amaliy taktik mashq va mashgʻulotlari oʻtkazilayotgani mavsumni betalofat oʻtkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026