Tumanimizda mustaqilligimizning 30 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy, targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda
Joriy yilning 24-avgust kuni tumanimizdagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi hamkorligida “Men shu aziz Vatan farzandiman” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini hayotga joriy etish asosida mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayoti tubdan yangilanayotgani, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” gʻoyasini real voqelikka aylantirish borasida qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar xususida soʻz yuritildi.
Shuningdek, tumanimizdagi Beruniy mahalla fuqarolar yigʻinida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamkorligida mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami munosabati bilan “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri va rivojlanish istiqbollari” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar 2021-yil mamlakatimiz tarixida siyosiy jarayonlarga boy yil sifatida kirayotganligini, bu yilning eng asosiy voqealaridan biri — Oʻzbekiston mustaqillik yoʻlini tanlaganiga 30-yil toʻlishi, ushbu buyuk neʼmatga erishish yoʻli naqadar murakkab boʻlgani, shunday dorilomon kunlarda yashayotganimizga shukronalar keltirish lozimligi xususida soʻz yuritdilar.
Shu bilan birga, istiqlolning qadriga yetish har birimiz uchun ham qarz, ham farz ekanligi, dunyo hamjamiyatida Vatanimizning oʻz oʻrni va mavqeyiga egaligi, oʻz ona tilimizda emin-erkin soʻzlab, oʻz taqdirimizni oʻzimiz belgilashimiz, koʻhna tariximiz, boy merosimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va anʼanalarimizning qayta tiklanishi mustaqillikning eng katta inʼomlaridan ekanligi xususida toʻxtaldilar.
Tadbir ishtirokchilari bilan mamlakatimizda soʻnggi yillarda barcha sohalarda mamlakat taraqqiyoti, xalq manfaati yoʻlida olib borilgan islohotlar va erishilgan yutuqlar haqida fikr-mulohazalar almashildi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tumani boʻlinmasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶