NIKOH QONUNIY QAYD ETILSA, MUNOSABATLAR MUSTAHKAM BOʻLADI
Oʻzbekiston Respublikasida Oila kodeksining 14- va 15-moddalariga muvofiq, nikohlanuvchilarning oʻzaro roziliklari va ularning nikoh yoshiga yetganliklari nikoh tuzishning asosiy shartlari hisoblanadi.
Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu toʻgʻrida belgilangan namunadagi elektron ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy oʻtgach, ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organi tomonidan qayd etiladi.
Belgilangan namunadagi ariza nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida toʻldiriladi va barcha savollarga aniq, toʻliq javoblar berilishi kerak. FHDYo organida arizani qabul qilayotganda nikohlanuvchilarga nikoh tuzish tartibi va shartlarini, kelgusida er-xotin va ota-ona sifatida vujudga keladigan huquqlari, majburiyatlari tushuntiriladi. Bir-birining salomatliklari va oilaviy ahvoli toʻgʻrisida xabardor ekanliklariga ishonch hosil qilishi kerak.
FHDYo organi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari boʻyicha arizachilarning qonuniy nikohda turish-turmasligini tekshirib koʻrilishi kerak.
Nikohni qayd etish faqat nikohlanuvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi. FHDYo organlari nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtganligiga hamda ushbu tekshiruvlarning natijalari toʻgʻrisida ularning xabardor ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Aytish joizki, tumanimizda oʻtgan toʻqqiz oy mobaynida 1282 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, ulardan 203 nafari tantanali ravishda nikohi qayd qilinishini soʻrab murojaat qilgan.
Nikohlanuvchilardan biri er yoki xotinning familiyasini qabul qilsa, u holda pasportini bir oy ichida almashtirishi zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiriladi va pasportga bu haqda belgi qoʻyiladi. Bu boradagi va boshqa tartib-qoidalar FHDYo organlarida batafsil tushuntiriladi.
U.Ashirbayeva, tuman FHDYo boʻlimining 1-toifali inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶