YOʻLOVChI TAShISh FAOLIYaTI BILAN LITsENZIYaSIZ ShUGʻULLANGAN HUQUQBUZARLARGA QONUNIY ChORA KOʻRILDI
Farovon mahallasida Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan ochiq sayyor sud oʻtkazildi.
Shu yil 20-oktyabr kuni fuqarolar yigʻini binosida boʻlib oʻtgan sayyor sud majlisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi transport vazirligi tomonidan kelib tushgan oʻttiz besh fuqaroga nisbatan toʻplangan maʼmuriy ish hujjatlari koʻrib chiqildi. Ushbu fuqarolar avtomobil transportida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanib, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddasida koʻrsatilgan talablarni buzganligi uchun javobgarlikka tortilgan.
Sudda bu boʻyicha toʻplangan ish materiallari asosida huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy choralar koʻrildi.
Shuning bilan birga shu kuni Farovon mahallasi faollari va fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish tartibi hamda saylov qonunchiligi boʻyicha tushuntirildi. Yigʻilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
J.Urazboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶