29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 13:55
Fan va taʼlim 👁 317

Ochiq darslarda qoraqalpoq tili va adabiyotining turli qirralari ochib berildi

Ochiq darslarda qoraqalpoq tili va adabiyotining turli qirralari ochib berildi

Taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning har bir fanga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularda fanlar yuzasidan yangi bilim, koʻnikmalarni hosil qilish, taʼlim sifati va samaradorligini oshirishda umumtaʼlim maktablarida har oyda oʻtkaziladigan fan oyliklari va ular doirasidagi turli tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fan oyliklari doirasida tashkil etilayotgan ochiq darslar oʻquvchilarning olgan bilimlarini  mustahkamlash hamda yanada boyitish bilan bir qatorda oʻqituvchilarning oʻz pedogogik mahoratlarini namoyish etishlariga hamda oʻzaro tajriba almashinuvlariga imkoniyat yaratmoqda.

Oktyabr oyi ona tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari oyligi boʻlib,  umumtaʼlim maktablarida shu oyda mazkur fanlar boʻyicha koʻplab maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etiladi. Xususan, oktyabr oyi davomida Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim maktablarida ona tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari tomonidan koʻplab tadbirlar, adabiy kechalar hamda ochiq darslar tashkil etilib, oʻquvchilarning ushbu fanlardan olgan bilimlari yanada mustahkamlandi, ularning fanga boʻlgan qiziqishlari yanada oshirildi.

Xususan, 1-sonli umumtaʼlim maktabida qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari turli sinflarda, har xil mavzularda ochiq darslar, adabiy-badiiy kechalar, qolaversa, bu yil qoraqalpoq tiliga Qoraqalpoq Respublikasining davlat tilini maqomi berilganiga 32-yil toʻlishi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 1-sonli umumtaʼlim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani boʻyicha oliy toifali oʻqituvchisi Abtabida Abdimuratova tomonidan 10-sinf oʻquvchilari uchun “Klassik adabiyot namoyandalari ijodi” mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Ochiq darsda oʻqituvchi tomonidan qoraqalpoq adabiyotning yorqin namoyondalari hayoti va ijodining oʻziga xos xususiyatlari hamda fanning turli yangi qirralari ochib berildi.

Aytish kerakki, Abtabida Abdimuratova tumandagi eng ilgʻor, tashabbuskor, yuqori bilim va salohiyatga ega boʻlgan, har jabhada hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan tajribali pedogoglardan biri hisoblanadi. Uning ish faoliyati davomida oʻz fanini, oʻquvchilarini hamda kasbini sevishi, ishiga boʻlgan masʼuliyati yaqqol sezilib turadi. Abtabida Abdimuratova har bir dars jarayoniga ijodiy yondashishi, izlanuvchanligi bilan maktab jamoasi hurmati va eʼtiboriga sazovor boʻlgan. U oʻz pedagogik faoliyati mobaynida qator koʻrik tanlovlarda ishtorok etib sovrinli oʻrinlarni egallab kelmoqda. Shuningdek, Abtabida Abdimuratovaning shogirdlari qoraqalpoq tili va adbiyoti fani boʻyicha tuman va respublika miqyosidagi qator bellashuvlarda, olimpiyadalarda faol ishtirok etib, ustozining mehnatlarini yuzaga chiqarib, gʻoliblikni qoʻlga kiritib kelmoqdalar. Maktabning turli fan oʻqituvchilari yuqori pedogogik mahoratga ega boʻlgan hamkasbi tomonidan oʻtilayotgan ochiq darsni katta qiziqish bilan kuzatib bordilar hamda yangi tajribalar orttirdilar.

Shunigdek, maktabning qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari hisoblangan birinchi toifali oʻqituvchi Dildora Qoʻchqarova 7-sinflarda, ikkinchi toifali oʻqituvchi Nasiba Qoʻchqarova 3-sinflarda, Yangila Shomuratova 2-sinflarda, Mohira Kamolova 7-sinflarda, Dilnoza Ibrohimova 8-sinflarda qoraqalpoq va adabiyoti fanlaridan har xil mavzularda namunali ochiq darslar tashkil etdilar. Ochiq dars jarayonlarida yangi pedogogik texnologiyalardan, innavatsion taʼlim metodlaridan foydalanilishi oʻquvchilarning ochiq darslardagi faolligini yanada oshirdi.

Ochiq darslarda oʻqituvchilar yurtimizda qoraqalpoq tili va adabiyotini yanada rivojlantirishga qaratilgan eʼtibor tobora kuchayib borayotgani, qoraqalpoq adabiyoti vakillarining ijod maktablari tashkil etilishi qoraqalpoq tili va adabiyotining boy xazinasi, nafosatini yosh avlod qalbiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani xususida soʻz yuritdilar.

Aytish kerakki, fan oyligi doirasida tashkil etilgan adabiy-musiqiy kecha barcha oʻquvchilarda katta taassurotlar qoldirdi. 5-8-sinflar oʻquvchilari qoraqaloq adabiyoti namunalaridan ajoyib sheʼrlar hamda kuy-qoʻshiqlar ijro qildilar. Tadbir koʻtarinki ruhda hamda bayramona tarzda oʻtdi.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026