02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 04:19
Salomatlik 👁 238

VAKTsINA – NAJOT, UNGA MUNOSABAT QANDAY?

VAKTsINA – NAJOT, UNGA MUNOSABAT QANDAY?

Qariyb 2-yilga yaqin vaqtdan beri dunyo xalqlariga achinarli talofatlar yetkazayotgan koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash oqilona va samarali tashkil etilganligi bois, bizning mamlakatimizda boshqa mamlakatlarga solishtirganda  yoʻqotishlar ancha kam va kasallikka chalinganlarning askariyati tuzalib, sogʻlom hayotga qaytmoqda.

Bu borada koronavirus infektsiyasiga gumon qilinib, namuna olingan shaxslar hamda ushbu infektsiya tasdiqlangan bemorlarga birlamchi tibbiy – sanitariya yordamini koʻrsatish, tekshiruv natijalariga koʻra, ularga davo muolajalarini olib borish tizimli ravishda yoʻlga qoʻyildi.

Tibbiyotning tasdiqlashicha, ushbu xastalikni yengib oʻtishning yagona yoʻli - bu aholida jamoaviy immunitetni shakllantirishdir. Bunga esa kasallikka qarshi emlash orqali erishish mumkin.

Shunisi eʼtiborliki, davlatimizning gʻamxoʻrligi tufayli barcha sinovlardan, jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti roʻyxatidan oʻtgan vaktsinalar yurtimizga olib kelinib, dastlabki bosqichda aholi  bilan eng koʻp muloqot qiladigan ishchi-xizmatchilar, xavfli guruhga kiruvchi yaʼni, keksa va surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolar emlangan boʻlsa, keyinchalik 18 yoshdan yuqori boʻlganlarni ommaviy emlash yoʻlga qoʻyildi.

Tumanimiz Tibbiyot birlashmasida ham bu juda muhim tadbirni namunali oʻtkazish uchun yetarli sharoit yaratildi va koʻngilli aholi oʻzi tanlagan vaktsina turi bilan emlanmoqda. Bunda avvalo tashrif buyuruvchilar tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazilib, shifokorlar tavsiyasiga koʻra emlanmoqda. Buning uchun tuman Sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimida vaktsina saqlash omborxonasida vaktsinalar talablar darajasida saqlanmoqda. Vaktsinalarni olib kelish va emlash punktlariga yetkazib berish uchun 1 ta maxsus jihozlangan avtomashina ajratilgan.

Shu kungacha tumanimizga 160 ming dozaga yaqin 6 turdagi vaktsinalar olib kelindi. Ushbu vaktsinalar bilan 18 yoshdan yuqori, emlanishi lozim boʻlgan aholining 72500 nafari qamrab olindi. Bu 59 foizni tashkil qiladi. Kunlik emlanayotganlar esa barcha bosqichlarda 1200-1300 nafarni tashkil etadi. Ushbu raqamlarning oʻziyoq tumanimiz aholisining oʻzlarini koronavirus infektsiyasidan himoyalashga jiddiy eʼtibor bermayotganini yaqqol koʻrsatib turibdi. Toʻgʻri, dunyoning boshqa davlatlariga qaraganda yurtimizda kunlik kasallikka chalinish va kasallikdan vafot etish koʻrsatkichlari past. Biroq bu bilan hech kim menga koronavirus infektsiyasi yuqmaydi, deya olmaydi. Yaʼni emlanmay turib hech kim himoyalana olmaydi.

Bu haqda gapirilganida baʼzilar emlanib ham kasallikka chalinayotganlar borligini iddao qiladi. Toʻgʻri, bunday holatlar oz boʻlsa-da uchrashini  hech kim inkor etmaydi. Biroq ularda kasallik yengil, yoʻqotishlarsiz kechayotgani, jiddiy asoratlar qoldirmayotgani – haqiqat.

Shuni unutmaslik kerakki, keyingi vaqtlarda koronavirus infektsiyasining avvalgilariga qaraganda ogʻir shtamlari tarqalmoqda. Bu tumanimiz aholisi hayotiga ham xavf solmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Kasallik tarqalishining, koronavirus infektsiyasi tufayli yaqinlarimizni yoʻqotishning oldini olishning yagona yoʻli - kasallikka qarshi emlanish ekanligini unutmasligimiz kerak. Chunki, yaqinlarimiz, oila aʼzolarimizning sogʻ-omon, baxtiyor yashashi uchun har birimiz masʼulmiz.

Emlanish har bir fuqaroni va uning yaqinlarini kasallikdan ishonchli himoya qiladi.

Shunday ekan, odamlar orasidagi vaktsinalar xususidagi beʼmani gaplarga emas, sogʻligʻimiz posbonlari boʻlgan shifokorlar tavsiyasiga koʻra emlanishga oshiqing, deb qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026