Tumanimizning bir guruh nuroniylarining Buxoro, Samarqand shaharlariga sayohati tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-mayda qabul qilgan qaroriga asosan, yurtimizda har yili 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi” oʻtkaziladi.
Ayni kunlarda butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham oylik doirasida keksalar va nogironlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli ijtimoiy loyihalar amalga oshirilmoqda, yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirilmoqda.
Oʻtkazilayotgan turli sayohat, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar, “Har kuni 5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish mashqlariga keksalar, nuroniylar juda faollik bilan ishtirok etmoqdalar va bundan zavq olmoqdalar.
Shu yilning 12-14-noyabr kunlari turli sohalarda ishlab, tumanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan, oʻzlarining hayot yoʻli bilan yoshlarga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh keksalarning tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan respublikamizning koʻhna Buxoro va Samarqand shaharlariga sayohati tashkil etildi.
Keksa avlod vakillari uchun tashkil etilgan ushbu sayohatga borish istagidagi koʻngillilar roʻyxati oktyabr oyidayoq shakllantirilgan edi. 51 nafar faxriy pedagoglar, tibbiyot xodimlari, turli sohalarda mehnat qilgan, hozirda keksalik zavqini surib yashayotgan otaxonlar, onaxonlar sayohatiga tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Bahodir Boltaboyevlar hamrohlik qildi.
Sayohat Buxoro shahridagi qadimiy tarixiy majmualar, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan boy tarixiy yodgorliklar, jumladan, Buxoroning koʻhnaligidan darak berguvchi meʼmoriy yodgorliklari – Magʻoki Attor, Ismoil Somoniy, Chorbakr, Minorai Kalon, Ark qalʼasi, Labihovuz, Chorminor, Bahouddin Naqshband maqbarasi va boshqa qator obidalar bilan tanishishdan boshlandi.
Koʻhna Buxoroning kechki manzaralarini tomosha qilish barchaga zavq bagʻishladi.
Ertasiga, yaʼni 13-noyabr kuni Samarqand shahriga borildi. U yerda Registon maydoni bilan, shuningdek, Samarqand shahrining qadimiy madaniy meros obʼektlari bilan birma-bir tanishib chiqildi.
Shu kunning oʻzida git boshchiligida sayohatchilar 1417-1420-yillarda bunyod etilgan Ulugʻbek madrasasi, Ulugʻbek xonaqosi va boshqada tarixiy obidalar bilan tanishdilar.
Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlgan, bu yerda uchta madrasa qad koʻtargan. Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari. Registon - qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan makon boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. 2001-yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan. Ushbu madrasalarni tomosha qilgandan keyin, Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov sharafiga oʻrnatilgan haykal poyiga hurmat ramzi sifatida gul qoʻyildi.
Shuningdek, 1399-1404-yillarda bunyod yetilgan Bibixonim maqbarasiga tashrif buyurildi. Keyin, reja asosida Xazrati xizr maqbarasi va Shohi Zinda majmuasiga ziyorat qilindi.
Sayohatchilar Amir Temur va Mirzo Ulugʻbek bobokalonlarimiz hamda Doniyor bobolarning oʻtmishda amalga oshirgan ishlari va avlodlar uchun qoldirib ketgan boy tarixiy meroslari xususida batafsil hikoyalar tingladilar.
Sayohat ishtirokchilari oʻzlariga qaratilayotgan eʼtibordan juda mamnun boʻlib, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶