OChIQ SUD MAJLISIDA QIMORBOZLARGA JAZO TAYINLANDI
Tavakkalchilik va qimorga asoslangan oʻyinlar doim ogʻir kulfatlarga sabab boʻladi. Aytish joizki, oʻzganing mulki, daromadini aldab qoʻlga kiritish qonunda ham, dinda ham qattiq qoralanadi.
Yoshi oltmishlarga yaqinlashib qolgan tumanimiz fuqarosi T. (ismlar oʻzgartirilgan) buni bilsa ham nasihat qilib toʻgʻri yoʻlga solish oʻrniga uyiga kelgan farzandlari qatori yigitlar bilan qonunga xilof ravishda tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyinini tashkil etdi. Afsuski, oʻyin uzoqqa choʻzilmadi. Tuman IIB xodimlari “Tungi reyd” tadbiri davomida qonunga xilof ravishda qimor oʻyini bilan shugʻullanayotgan huquqbuzarlarni qoʻlga oldilar. Voqea joyida IIB xodimlari tomonidan 968.000 soʻm pullar va 57 dona karta ashyoviy dalil sifatida olinib, bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Ochiq sud majlisida bu holat boʻyicha taqdim etilgan jinoyat ishi atroflicha koʻrib chiqildi va huquqbuzarlar tegishli jazoga tortildi.
Jasur Oʻrozboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶