Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan davra suhbati oʻtkazildi
Shu yilning 29-noyabrida tuman Axborot kutubxona markazida 1-dekabr qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Tariximsan, taqdirimsan - qoraqalpoq tilim” nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda markaz xodimi Janaroy Xolboyeva soʻzga chiqib, yigʻilganlarni ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan qizgʻin qutladi va qoraqalpoq tilining naqadar jozibali va boy til ekanligi haqida, uning taraqqiyot yoʻli haqida maʼruza qildi.
Hurmatli Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Davlat tilining obroʻsi-butun xalq, butun jamiyat obroʻsi hisoblanadi” deb aytganlari haq gap. Chindan-da til - millatning tarixini, madaniy merosini, urf-odat va dasturlarini oʻzida jamlagan bebaho boylik hisoblanadi, u oʻz soʻzida.
Tadbirda barcha millatlar vakillari oʻz ona tilini hurmat etishi, sof ona tilini bilishi har bir insonning burchi ekanligi taʼkidlandi.
Tadbirda ishtirok etgan faol kitobxonlar qoraqalpoq tilini tarannum etuvchi qoraqalpoqcha sheʼrlarni oʻqib berdilar.Tadbir soʻnggida faol qatnashgan kitobxonlarga esdalik sovgʻalar topshirildi. Kecha yigʻilganlarda yaxshi tassurotlar qoldirdi.
R.RAMANOVA, markaz xodimi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶