29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 11:17
Fan va taʼlim 👁 230

1-dekabr – qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati tadbir oʻtkazildi

1-dekabr – qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati tadbir oʻtkazildi

1-dekabr – qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida xalqimiz tomonidan keng nishonlanadi. Umumtaʼlim maktablarida, jamoat tashkilotlarida ham qoraqalpoq tili bayramiga bagʻishlangan adabiy uchrashuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

27-noyabr kuni Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 28-sonli maktabda qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til ǵaziyneler qorǵanı” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirni maktabning qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi Dilbar Jumanazarova olib bordi va maktabning maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Hamdam Jumatov ochib, qoraqalpoq tili Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida oʻzbek tili bilan bir xil maqomda amal qilinishi, barcha turdagi rasmiy hujjatlar oʻzbek va qoraqalpoq tillarida yuritilishi haqida toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng, 11-sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan  “Til - millet negizi” mavzusidagi maʼruza oʻqildi.

6“A”-sinf oʻquvchilari qoraqalpoq shoirlarining til, Vatan haqidagi sheʼrlaridan parchalar aytdilar. 8 “A”-sinfning qizlar jamoasi “Qoraqalpoq” qoʻshigʻiga guruh boʻlib raqsga tushdilar. 11-sinf qizlari “Doʻstlik” mavzusida sahna koʻrinishlari tayyorlab, oʻz iqtidorlarini namoyon etdilar. 11-sinf qizlari esa “Qoraqalpogʻim” qoʻshigʻiga raqsga tushishib, qoraqalpoq xalqining jozibali raqslarini mahorat bilan namoyish etdilar.

Tadbirda maktab oʻquvchilari hamjihatlik bilan faol qatnashdilar. Har bir ishtirokchi oʻzining qoraqalpoq tili va madaniyatiga hurmat-ehtiromi cheksizligi haqida faxrlanib soʻzladilar.

Tadbir davomida oʻquvchilar Ajiniyaz, Kunxoʻja, Abay Qunanbay uli ijodi va faoliyati haqida maʼruzalar oʻqidilar. Berdaq hamda Ajiniyaz bobolarining sheʼrlarini yoddan aytib berishdi. Shu bilan birga,  ularning bugungi kunda ham taniqli oʻzbek, qoraqalpoq, hatto qozoq va turkman xalqlari tomonidan sevib kuylanayotgan, xalqimiz qalbidan munosib joy olgan qoʻshiqlarining mazmun-mohiyati xususida fikr yuritishdi. Hikmatlar xazinasiga aylangan Ajiniyaz, Kunxoʻja, Berdaq va Abay Qunanbay oʻgʻli, XX asr oxiri va hozirgi zamon qoraqalpoq adabiyotining yirik namoyondalari Oʻzbekiston Qahramonlari Toʻlepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Kenesboy Karimov, Qoraqalpogʻiston xalq shoirasi Nabiyre Toʻreshovalarning ijodlaridan namunalar oʻqidilar.

Tadbir davomida oʻquvchilar qoraqalpoq tilining soʻz boyligini ifoda etuvchi qoraqalpoq xalq maqollari va ularning mazmun-mohiyati haqidagi fikrlarini bildirdilar.

Boʻlib oʻtgan tadbir oʻz mazmun-mohiyati bilan oʻquvchi-yoshlar qalbida millatlararo totuvlik, doʻstlik va bagʻrikenglik tuygʻularini yanada mustahkamlash, ularni qardosh xalqlar tili, madaniyati va maʼnaviyatiga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalashga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026