BOSh QOMUSIMIZ BARChA JABHALARDA AYoLLAR HUQUQLARINI TOʻLIQ KAFOLATLAYDI
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlari va kafolatlari belgilangan boʻlib, unga koʻra xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidir, deb belgilab qoʻyilgan. Bosh Qomusimizda belgilangan huquqiy normaga muvofiq Oʻzbekistonda xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash va himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida 2019-yil sentyabr oyida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlar qabul qilindi. Gender tenglik boʻyicha institutsional choralarga kelsak, ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida ayollar huquqlarini taʼminlash va kamsitishning har qanday shakliga barham berish boʻyicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uygʻunlashtirish bilan shugʻullanuvchi yangi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tashkil qilingan.
Shuningdek, qabul qilinayotgan u yoki bu darajadagi hujjatlarning ayollar va erkaklar uchun bir meʼyorda boʻlishiga erishish uchun qonunchilikning gender ekspertizasini oʻtkazish majburiyligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bularning barchasi Oʻzbekistonda xotin-qizlarning huquqlarini kafolatli himoyalash, barcha sohalarda erkaklar bilan teng darajada, faoliyat olib borish, hukumatning oliy organlari minbarlarida oʻz ovozi, shaxsiy fikri bilan ishtirok etishlarini soʻzsiz taʼminlash imkonini beradi.
D.PIRMANOV,
“Madad” NNT huquqiy-maslahat byurosi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶