29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 11:16
Fan va taʼlim 👁 263

QOZOQ ADABIYoTINING YIRIK NAMOYoNDASI – IBIRAY ALTINSARIN IJODI OʻQUVChI-YoShLAR TALQINIDA

QOZOQ ADABIYoTINING YIRIK NAMOYoNDASI – IBIRAY ALTINSARIN IJODI OʻQUVChI-YoShLAR TALQINIDA

Qozoq adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Ibiray Altinsarin 1841-yilda Qozogʻiston Respublikasining Qostanay viloyatida tavallud topgan. Otasidan juda erta yetim qolgan Ibiray Altinsarin bobosi Balxoʻja Jangbirchinning oilasida tarbiyalandi. Hayot qiyinchiliklarini koʻp bora boshidan kechirib, mehnatda toblangan Ibiray Altinsarin qozoq folklor adabiyotini mehr bilan oʻrganadi. Xalq ogʻzaki ijodining soʻnmas durdonalarini izlab topishdan, oʻrganishdan aslo charchamagan bulgʻusi shoir va yozuvchi Ibiray Altinsarin vaqt oʻtib, yirik yozuvchi, pedagog, etnograf olim, jamoat arbobi, xalq ogʻzaki ijodi boʻyicha betimsol mutafakkir boʻlib yetishadi. Uning bolalar hayotiga oid hikoyalari va sheʼrlari har bir qozoq oilasining maʼnaviy mulkiga aylangan va hamon bu nodir asarlarni yozuvchining vatandoshlari, shu bilan birga qardosh xalqlar sevib mutolla qilishadi.

Tumanimizdagi 14-sonli umumtaʼlim maktabida Ibiray Altinsarin tavalludining 180 yilligi munosabati bilan namunali ochiq dars tashkillashtirildi. Avvalo, ochiq dars oʻtkaziladigan xona Ibiray Altinsarin hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi koʻrgazmali vositalar, yozuvchi qalamiga mansub asarlar, qozoq xalq  ogʻzaki ijodi namunalari, yozuvchining koʻp qirrali jamoatchilik faoliyatini aks ettiruvchi rasm-albomlar bilan bezatildi.

Ochiq dars davomida oʻquvchi-yoshlar yozuvchining ijodidan namunalar oʻqidilar. Ibiray Oltinsarin asarlarining tarbiyaviy ahamiyati xususida sermazmun maʼruzalar qildilar.

Ayniqsa, yozuvchining odamiylik va rostgoʻylikka chorlovchi hikoyalari, “Kel, bolalar, oʻqiylik” sheʼrining badiiy-tahliliy ifodasi oʻquvchilar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.

Shundan soʻng, ochiq darsning uzviy davomi sifatida Ibiray Altinsarin tavalludining 180 yilligiga bagʻishlangan yubiley kechasi ham tashkillashtirildi. Yubiley kechasini maktabning aʼlochi oʻquvchilari Nursuluv Nuraddinova hamda Gulbanu Pirjanovalar mazmunli olib borishdi.

Maktabning 10-sinf oʻquvchilari tomonidan yozuvchining “Joʻmard qassob” hikoyasi asosidagi sahna koʻrinishi namoyish etildi. Hikoyada ilgari surilgan mardlik va rostgoʻylik, halollik gʻoyasini taʼsirli obrazlar  orqali gavdalantirgan oʻquvchi-yoshlar ijrosi barchaga manzur boʻldi.

Yubiley kechasi davomida 9-11-sinflarning oʻquvchi-qizlari qozoq xalq raqslarini ijro etdilar “Bogʻcha daraxtlari” hikoyasi asosida 9-sinf oʻquvchi-yoshlari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishi barchaning qalbida ona tabiatga cheksiz mehr-muhabbat tuygʻusini uygʻotgani bilan katta ahamiyatga ega boʻldi. Shuningdek, tadbirda 8-10-sinflarning isteʼdodli oʻquvchilari ota-ona haqidagi  qoʻshiqlarni ijro etishib, aziz ustozlariga samimiy tabriklar yoʻlladilar.

Maktabning qozoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari Mayra  Umirbayeva hamda Murat Toʻramuratovlar tomonidan tashkillashtirilgan Ibiray Altinsarin tavalludining 180 yilligiga bagʻishlangan ochiq dars va yubiley kechasi oʻquvchi-yoshlar qalbida qardosh xalqlar tili va adabiyotiga samimiy hurmat va mehr tuygʻularini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026