02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 05:56
Jamiyat 👁 355

“Temir daftar”dagi oilalarga Prezident Qaroriga koʻra bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi

“Temir daftar”dagi oilalarga Prezident Qaroriga koʻra bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi

Prezidentimizning 2021-yil 21-dekabrdagi “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash doirasida Amudaryo tumanidagi 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida amaliy ishlar qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mazkur Qarori azaliy bobomeros qadriyatlarga sadoqat, yuksak insoniylik sifatlarini oʻzida mujassam etgan mehr-oqibat tuygʻularining hamisha ustuvorligini ifoda qilgani bilan xalqimiz uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

Davlatimiz rahbarining mazkur Qaroriga koʻra, mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalarning turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni davom ettirish, ularni ijtimoiy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2021-yil davomida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga, 18 yoshga toʻlmagan farzandlari bor boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga, shuningdek, 18 yoshgacha boʻlgan bolalari uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga 800 ming soʻmdan bir martalik moddiy yordam koʻrsatilishi belgilangan edi.

Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, 3-sektor rahbari Ulugʻbek Xudoyberganov oʻzi rahbarlik qilayotgan sektor hududidagi 12 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi “Temir daftar” roʻyxatida turgan, 18 yoshga toʻlmagan farzandlari bor, boquvchisini yoʻqotgan, ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarda boʻlib, ularni Yangi yil bayrami bilan tabrikladi va Prezidentimiz Qaroriga koʻra, 800 ming soʻmlik bir marta beriladigan mablagʻlarni oʻz egalariga topshirdi.

Shuningdek, sektor rahbari hududlardagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qiluvchi, 18 yoshgacha bolalari uchun nogironlik nafaqasi oluvchi oilalarga ham tashrif buyurib, imkoniyati cheklangan, koʻngli kemtik bolalar holidan xabar olib, ularga yangi yil sovgʻalari bilan birga 800 ming soʻmlik bir martalik moddiy yordam pullarini topshirdi.

Prezidentimiz Qaroriga koʻra amalga oshirilgan mazkur tadbir davomida moddiy yordam pullarini haqiqiy egalariga oʻz vaqtida yetkazib berishni taʼminlash maqsadida jarayonga hududlardagi profilaktika inspektorlari jalb etildi.

Yangi yil bayrami arafasida amalga oshirilgan bu xayrli tadbir hayotning bemavrid sinovlari tufayli biri otasidan, yana birlari onasidan ayrilib, koʻngillari yarim boʻlib qolgan bolalarga, shuningdek, nogironligi boʻlgan bolajonlarga xush kayfiyat, quvonch bagʻishladi. Ularning qalblarida ertangi kunga ishonch, oʻzaro mehr-oqibat, davlatimizning yuksak insonparvarlik tamoyillariga asoslangan ijtimoiy-maʼnaviy siyosatiga hurmat tuygʻulari yanada mustahkamlandi. Zero, inson va uning orzu-intilishlari, hayoti mamlakatimizda hamisha ulugʻ va qadrlidir.

Risolat IBRAGIMOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026