IS GAZIDAN ZAHARLANIShNING OLDINI OLIShGA QARATILGAN TADBIRLAR OʻTKAZILMOQDA
Maʼlumki, is gazi, chaqnash va yongʻinlar insonlarning hayoti va sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, atrof tabiiy muhitga jiddiy zarar yetkazadi. Qishning yogʻingarchilik va sovuq kunlarida harorat keskin pasayib boradi. Mana shunday vaziyatda fuqarolar tomonidan qoʻlbola isitish moslamalaridan foydalanish holatlari koʻpayib, favqulodda vaziyatlar sodir boʻlmoqda. Bu hol insonlarning turli tan jarohatlari olishi, ayrim hollarda dunyoni tark etishi bilan yakunlanadi.
Amudaryo tumanida mana shunday koʻngilsiz voqealarning oldini olish maqsadida koʻplab profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, hududlarda is gazi va gaz-havo aralashmasi chaqnashining oldini olish maqsadida tumandagi koʻp qavatli uylarda, idora-tashkilotlarda, umumtaʼlim maktablarda Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan bir qancha targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tamonidan 2022-yil 7-yanvar kuni tumandagi Choykoʻl ovuli va Bosuv mahallasi xududlarida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi. Fuqorolarning xavfsizligini taʼminlash va is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbir davomida aholi turar joylari koʻzdan kechirilib, fuqarolarga tegishli tavsiyalar berildi.
Profilaktik tekshirish ishlari jarayonida Choykoʻl ovuli hududidan 55 ta, Bosuv mahallasi xududidan 62 ta, jami 117 ta xonadan xatlovdan oʻtkazilib “Chorvador” koʻchasida istiqomat qiluvchi bir nechta fuqarolar honadonida qoidabuzarlik holatlari aniqlandi va tegishli tartibda ogohlantirildi.
Shuningdek, Bosuv mahallasida joylashgan 42-sonli umumtaʼlim maktabining moddiy texnik bazasi yongʻin havsizligi qoidalariga toʻliq javob bermasligi aniqlanib, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hodimlari tomonidan mavjud kamchiliklar bartaraf etildi. Shundan soʻng, is gazidan zaharlanishning oldini olish va zaharlangan kishiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha tushintirishlar berildi.
Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hodimlari tomonidan qayd etib oʻtilganidek, birinchi tibbiy yordam sifatida avvalo is gazidan zaharlangan kishini zudlik bilan toza havoga olib chiqish, yuzaki nafas olishda, yoki nafas olish toʻxtab qolganda suniy nafas oldirish, badanni ishqalash, qisqa vaqt spirt hidlatish zarurdir.
Tadbirda har bir mahallada targʻibot ishlarini kuchaytirish, fuqarolarni ogohlikka chaqirish, xonadonlarda ehtiyot choralarini koʻrish lozimligi taʼkidlandi.
Tahlillarga murojaat qiladigan boʻlsak, Amudaryo tumanida 2020-yil mobaynida sodir boʻlgan yongʻin holatlari oʻtgan yillardagiga nisbatan sezilarli darajada kamaygan. Albatta, ushbu ijobiy natijaga erishishda targʻibot-tashviqot ishlarining ahamiyati katta, ammo, yongʻinlar natijasida insonlarning tan jarohat olishi va halok boʻlish holatlari hamon qayd etilayotganligi tashvishlanarli holdir.
Oʻtkazilayotgan tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad – fuqarolarga is gazi, uning xususiyatlari va inson organizmiga salbiy taʼsiri, is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish uchun rioya etish lozim boʻlgan yongʻin xavfsizligi qoidalari haqida batafsil maʼlumot berish va shu orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olishda yoshlarning ishtirokini kuchaytirishdan iboratdir.
F.Eshimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶