HAR JABHADA OʻRNI BORDIR AYoLNING
"Onani eʼzozlash bizning mamlakatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga koʻtarilgan fazilat. Ayollarimizni qancha ulugʻlasak, hayotimiz chirogʻi, umrimiz guli, deb eʼzozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni eʼzozlagan boʻlamiz”, - degan edi Yurtboshimiz I.Karimov ayolning, onaning jamiyatdagi va inson hayotidagi oʻrniga baho berib.
Darhaqiqat, hayotimizning shamchirogʻi, mehr-oqibat va sadoqat timsoli boʻlgan ayolning oilada, jamiyatda tutgan oʻrni beqiyosdir. Shu boisdan ham mamlakatimizda ayol-qizlarni eʼzozlash, ularga munosib turmush va mehnat sharoitlari yaratib berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda istiqlol yillarida ayol-qizlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ularning hayotdagi ijtimoiy faolligini oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi "Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoni oʻziga xos yangi davrni boshlab berdi. Mazkur Farmonga muvofiq amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar bugungi kunda oʻzining ijobiy samaralarini bera boshladi. Avvalo oilalar mustahkamligi, unda sharqona odob-axloq va sogʻlom turmush tarzi hukmron boʻlishi taʼminlanmoqda, farzandlarimizning toʻlaqonli bilim olib, uzluksiz 12-yillik taʼlimni, kasb-hunarni puxta egallab, mehnat bozorida oʻz oʻrnini topa oladigan kasb-hunarli, shiddatkor zamonamizga xos bilimli va iqtidorli qilib tarbiyalashga eʼtibor qaratilmoqda. Oʻsib kelayotgan qizlarimizga oila muqaddasligini, uni oʻzaro hurmat, ishonch, mehr-muhabbat asosida qurish lozimligi, ulkan masʼuliyatlari borligi, erta turmush qurishning, qarindoshlar orasidagi nikohlarning ayanchli oqibatlari tushuntirilmoqda. Natijada turmushimizda buningdek salbiy holatlarning oldi olinayapti.
Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, iqtidorlarini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida turli koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalari oʻtkazilayapti va gʻoliblar munosib ragʻbatlantirilayapti. Yaqindagina "Olmazor” mahallasida tashkil etilgan "Orasta qizlar” guruhi oʻz faoliyatlariga doir koʻrik-tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublikasi gʻolibi boʻlib kelganligi bu boradagi hara-katlarimizning bir natijasi, desam arziydi.
Munosib mehnat sharoitlari yaratilayotganligi bois rahbarlik lavozimlarida, masʼuliyatli vazifalarda ishlayotgan ayol-qizlarimiz koʻpchilikni tashkil etadi. Soʻzimning isboti sifatida tumanimiz xotin-qizlari orasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, tuman Kengashi deputatlari, umumtaʼlim maktablari direktorlari, fermerlar va tadbirkorlar borligi ayol-qizlarimizning barcha jabhalarda munosib oʻrni borligini koʻrsatadi. Bu istiqlol yillarida ularning mehnatlari munosib baholanib, qadr topayotganini koʻrsatadi.
Taraqqiyot sari qutlugʻ evrilishlar bilan kechayotgan ayni kunlarimizda xotin-qizlarimiz mamlakatimiz mustaqilligining 23-yilligini mehnatda munosib natijalar bilan qarshilamoqdalar.
Maryam AHMEDOVA,
tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶