02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 00:17
Jamiyat 👁 364

Sobiq afgʻonchi jangchilar xotiralari tinchlikni asrashga chorlaydi

Sobiq afgʻonchi jangchilar xotiralari tinchlikni asrashga chorlaydi

1979-1989-yillarda afgʻon tuprogʻida davom etgan oʻzaro urush-nizolarda sobiq ittifoq tarkibida boʻlgan respublikalarning harbiy xizmatchilari, askarlari ham ishtirok etishib, misli koʻrilmagan qiyinchiliklarni boshidan kechirishdi.

Amudaryo tumanida ham afgʻonchi jangchilar istiqomat qilishadi. Ular uchun 15-fevral sanasi hayotlaridagi eng unutilmas kunlarining biri. Bu bejiz emas: 1989-yilning 15-fevralida Sovet qoʻshinlari Afgʻoniston hududidan, yaʼni urush maydonlaridan olib chiqilgan edi. Shu bois ular ushbu kunni har yili oʻzgacha tadoriklar bilan qarshi olishadi, bir-birini yoʻqlab holidan xabar olishadi, urush asoratlari tufayli sogʻliqlarida muammolari koʻp boʻlsa-da, sogʻ-omonliklari, bugungiday dorilomon kunlarda oilasi bagʻrida tinch yashayotganlariga shukrona aytishadi.

Yaqinda Oʻzbekiston Veteran, faxriy jangchilar va nogironlari birlashmasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining Amudaryo tumanidagi vakili Bahodir Jumaniyozov rahbarligida bir guruh sobiq afgʻonchi doʻstlar Toʻlqin ovulida istiqomat qiluvchi Oʻrozimbat Eshimbetovning xonadonida boʻldilar.

Oʻrozimbat Eshimbetov 1985-yilning bahorida harbiy xizmatga chaqirildi. Turkmanistonning Mari viloyatida uch oy harbiy tayyorgarlik mashqlaridan soʻng, samolyotda Qobulga yetib borishgan. Uning qismiga Qobul-Jalolobod yoʻlini qoʻriqlash, shu yoʻl orqali sobiq Sovet ittifoqidan keladigan qurol-aslahalar, oziq-ovqat mahsulotlarini manzilga talafotsiz yetkazish topshirilgandi.

Tabiiyki, ittifoq harbiylariga tish, tirnogʻi bilan qarshi kurashayotgan mahalliy jangarilar bunga yoʻl qoʻymaslikka urinishardi. Janglar esa talofatsiz boʻlmasdi. 1987-yil fevralida Oʻrozimbet Eshimbetov navbatdagi yuk karvonini qoʻriqlab ketayotganda oʻng qoʻliga oʻq tegdi. Natijada 6 oy Qobul harbiy shifoxonasida, 1 oy Toshkentda, 1-yildan ziyod Moskvada davolandi, qayta-qayta jarrohlik amaliyotlarini boshidan kechirdi. Salkam uch yil deganda oʻng qoʻlidan nogiron boʻlib, oilasi bagʻriga qaytdi.

Oilada toʻngʻich farzand boʻlgan Oʻrozimbat aka nogironman demay, sogʻlom odam kabi intiluvchan, harakatchan boʻldi. Ijaraga yer olib, paxta dalasida ham ishladi, onasiga suyanch boʻlib, ota oʻrnida ukalarini, singillarini uyli-joyli qildi, hamqishlogʻi, muallima Gulchehra Ollamberganova bilan oila qurib, ahil yashab, farzandlarini komil insonlar qilib tarbiyalamoqda.

Sobiq afgʻonchi doʻstlarining tashrifidan Oʻrozimbat akagina emas, onasi Oʻrozgul momo, ayoli, farzandlari ham benihoya quvonishdi.

Shu kuni doʻstlar birgalashib, shu ovulda istiqomat qiladigan yana bir qadrdonlari Maxsud Karimovnikiga ham tashrif buyurishdi.

Uzoq yillar turli idora-tashkilotlarda haydovchilik qilgan Maxsud aka turmush oʻrtogʻi, muallima Dilbar opa bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ham yoʻlga qoʻygan, yoʻlovchi tashishga moʻljallangan xususiy avtobusi bor. Hovlisi atrofini bogʻ-rogʻga aylantirib qoʻyganidan ham koʻngli toʻlmay, oʻz ovuli va Oq oltin ovuli oraligʻida Bosuv kanali yoqasida qarovsiz yotgan 2 gektarcha yerni oʻzlashtirib, dehqonchilik qilmoqda, mevali daraxtlar undirdi.

Quroldosh doʻstlar uning oʻzlashtirib, bugʻdoy ekib qoʻygan yerini, yonidagi kichik baliq hovuzini aylanib koʻrishdi, ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shu kuni uning xonadoni hayotining eng zahmatli damlarini hamnafas oʻtkazgan sobiq quroldoshlari tashrifidan nurga toʻldi. Toʻkin-dasturxon atrofida miriqib suhbatlashdilar, koʻngillarini yozdilar.

Tinchlik – bebaho neʼmat. Bu neʼmatning qadrini ulugʻ tutmoq, Oʻrozimbat Eshimbetov, Maxsud Karimov kabi urush dahshatlarini boshidan kechirganlar xotiralaridan xulosa chiqarmoq har birimizning burchimizdir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026