15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 11:31
Jamiyat 👁 334

Baxtli qoʻsha-qariganlar

Baxtli qoʻsha-qariganlar

Xalqimizda yoshi ulugʻ insonlar yashaydigan oilalarga hurmat va havas bilan qarashdek yaxshi odat bor. Chunki nuroniy otaxonlar, onaxonlar yosh avlodga mehr-oqibatdan saboq berib, oilalarda totuvlik, jamiyatda barqarorlik muhitini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshayotir. Shu boisdan ham mamlakatimizda keksalarning hayot darajasi va sifatini yaxshilash, ularni moddiy, maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash koʻlamini kengaytirish, yoshi ulugʻ insonlarni eʼzozlash milliy qadriyatlarimizdandir.

Tumanimizda ham koʻpchilikka oʻrnak boʻlgulik ibratli hayot yoʻlini bosib oʻtib, halol mehnati bilan obroʻ-eʼtibor qozongan, mahalladoshlari, qoʻni-qoʻshnilari hayoti ham tinch-osoyishtaligiga hissa qoʻshib kelayotgan namunali oilalar koʻp. Mangʻit shahrining Durunki mahallasida isiqomat qiluvchi Fayzulla Abdullayev va ayoli Toʻxtajon Abdullayevalar ana shunday elda hurmat qozonganlardan. Ularning bolaligi Ikkinchi jahon urushi, urushdan soʻnggi ogʻir tiklanish yillariga toʻgʻri keldi. Yurtdoshlarimiz boshidan kechirgan qahatchilik, yoʻqchilik azobi zalvorini his qilib ulgʻayishdi, ogʻir kunlarda borini birga baham koʻradigan nekbin xalqimizning oliyhimmatligidan, doʻst-birodarligidan namuna olib ulgʻayishdi.

Hozir Fayzulla Abdullayev sakson yoshdan oshdi. Toʻxtajon ona esa saksonga yaqinlashdi. Xuddi yangi oila qurayotganida keksalarning “baxtli boʻling, qoʻsha qaring”, degan tilaklari ijobat boʻlganday, ular pir-u badavlatlarga aylanishdi. Fayzulla ota tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib, oʻz oilasining iqtisodini yuksaltiribgina qolmay, ehtiyojmand oilalarni ham qoʻllab-quvvatlab, qoʻlidan kelgan yordamini ayamadi. Ularning totuv oilasida dunyoga kelgan ikki oʻgʻil, toʻrt qiz ham esli-hushli, odobli, ilmli boʻlib, hayotda oʻz oʻrinlarini topishdi.

Fayzulla ota, Toʻxtajon ona nevaralarining ham zamonaviy bilimlarni puxta egallashlariga, oliygohlarda oʻqib, el koriga yaraydigan insonlar boʻlishiga alohida eʼtibor berishdi. Hozir barchasi turli sohalarda mehnat qilishadi.

Yaqinda ularning oila qurganiga 58-yil toʻldi. Shu munosabat bilan pir-u badavlat bu insonlarni qutlash, quvonchiga sherik boʻlish, duolarini olish uchun farzandlari, yaqinlari, qoʻni-qoʻshnilari, mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari tashrif buyurishdi.

Toʻkin dasturxon atrofida yuzlari nur taratib turgan nuroniylarni Durunki mahalla fuqarolar yigʻini raisi Shuhrat Jumaniyozov, oʻrinbosari Gavhar Mingboyevalar qizgʻin qutlab, sovgʻa-salomlar topshirdilar, mahallada mehr-oqibat, oʻzaro hamdoʻstlik barqaror boʻlishiga, ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlab, yosh oilalarga oʻz hayotiy tajribalari asosida nasihatlar qilib, ijtimoiy muhit yaxshilanishiga oʻz munosib hissa qoʻshayotganliklarini eʼtirof etdilar.

Shu kuni Fayzulla ota, Toʻxtajon onaning xonadoni qutlab keluvchilar bilan nurafshon boʻldi, ezgu tilaklardan koʻngillari togʻday yuksaldi. Ilohim, ularday boʻlib ahil yashab, qoʻsha qarimoq baxti barchaga nasib qilsin!

Durunki mahallasida bunday ahil va uzoq yillar hamjihatlikda umrguzaronlik qilib, boshqalarga ibrat boʻlayotgan oilalar koʻp. Mahalla fuqarolar yigʻini xodimlari ularning hayotiy tajribalarini targʻib etishga, umrboqiy urf-odatlarimiz, anʼanalarimizni yoshlar qalbiga singdirishga doir koʻpgina tadbirlar oʻtkazishmoqda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019