“MATEMATIKA FANLAR IChRA ShOH, UNING SIRLARIDAN BOʻLINGIZ OGOH!” DEB NOMLANGAN KEChA OʻTKAZILDI
55- sonli maktabda fevral oyi – aniq fanlar oyligi doirasida metodbirlashma jamoasi tomonidan “Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan boʻlingiz ogoh! ” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi. Tadbirni maktab direktori D.Arikov ochib berdi va nutq soʻzladi. Shundan keyin tadbirni oʻquvchi-yoshlar qiziqarli va mazmunli dasturlari bilan davom ettirishdi.
Kecha davomida oʻquvchi-yoshlar matematika va informatika fanining yorqin tomonlarini oʻzlarining tayyorlab kelgan kuy va qoʻshiqlari yordamida ochib berdilar. Matematika davr bilan hamnafas qadam tashlash uchun eng kerakli fan ekanini kecha davomida anglab tushuntirishga harakat qildilar. Kechani tayyorlashda maktabning aniq fanlar metodbirlashmasi aʼzolari R Rahmatullayev, D.Sagindikova, N.Yusupova, Z.Abdullayeva, D.Bozorboyeva, Z.Pirniyozov, D.Ibragimova, D.Jumaniyazova,Z.Kamolboyevalar jonbozlik koʻrsatdilar.
Fan oyliklari davomida maktabda interaktiv metodlar yordamida ochiq darslar ham tashkil etilib kelinmoqda. Bu ochiq darslar oʻquvchilarga fanlarni oʻrganishda va qiziqishlarini oshirishga xizmat qilib kelmoqda.
Zumrad Abdullayeva, Nafisa Yusupova, 55-sonli maktabning matematika fani oʻqituvchilari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶