MUTOLAA, KITOBXONLIK – BUYuK KELAJAK KAFOLATI
Har qanday kasb egasi oʻz sohasining rivojlanishini chin dildan xohlaydi. Kasblar ichida kutubxonachilik oʻzgacha sohadir. Chunki bu kasb egalarining mahorati va fidoyiligi dunyodagi barcha sohalarning rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadi. Negaki, barcha sohaning negizida ilm, izlanishlar turadi, bularning bari kitoblarda mujassam. Kitoblar esa kutubxonalarda boʻladi.
Kitobxonlar qiziqishini oʻrganish kutubxona markazining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda kitobxonlar mutolaasiga nazar soladigan boʻlsak, yosh kitobxonlarimiz koʻproq elektron adabiyotlarni mutolaa qilish, audio-kitobni tinglash istagini, yoshi katta kitobxonlar koʻproq anʼanaviy, bosma shakldagi kitoblarni oʻqish istagini bildiradilar.
Agar kitobxonlar tomonidan oʻqilgan adabiyotlarga nazar tashlaydigan boʻlsak, bugungi kunda kutubxonamiz foydalanuvchilarining aksariyat qismini badiiy adabiyotlar, tarixiy va detektiv asar va hikoyalarga qiziqishi yuqoru. Shuningdek, gazeta va jurnallarga ham talab katta.
…Kambagʻal oilada tugʻilgan va bolaligi buyuk inqiroz davriga toʻgʻri kelgan amerikalik yozuvchi Rey Bredberining yorqin kelajagi aynan kutubxonadan boshlangani ibratli ekanligi bilan diqqatga sazovordir. Ota-onasi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli farzandini kollejga kiritaolmagani uchun boʻlajak adib har kuni gazeta mutolaasidan tashqari, asosiy vaqtini uyi yaqinidagi ziyo maskanida oʻtkazgan. “19 yoshimda kollejga kiraolmadim, chunki oilamiz juda qashshoq edi. Shuning uchun kutubxonaga borardim. Haftasiga uch kun kitob oʻqir edim. 27 yoshimda esa universitet oʻrniga kutubxonani mutlaqo bepul tamomlaganman”, - deb yozadi u keyinchalik. “Klassik fantastika janri otasi”, deya tanilgan bu mashhur yozuvchi oʻz muvaffaqiyatlarida aynan kutubxona asosiy roʻl oʻynaganini eʼtirof etadi.
Har bir inson hayoti uchun maʼnaviy turtki boʻladigan oʻz kitobini topishi uchun toʻgʻri yoʻl tanlashi lozim. Chunki shaxs, oʻzi kitob oʻqigan, bilimli boʻlsagina atrofiga koʻplab ezgu niyat egalarini birlashtiraoladi, jamiyat uchun foydali ishlar qiladigan insonlarni shakllantira oladi.
Agar kitobxonlikka qiziqtirishni oʻz tajribam misolida aytadigan boʻlsam, kitobga eʼtiborli oilalarning farzandlari bugun oʻz bilimlari bilan oliygohlarga kirib oʻqiyotganlari, Oliy maʼlumotli boʻlib, elga sidqidildan xizmat qilayotganlari talaygina. Kitob oʻqishning ijobiy natijalari mutolaa qilish, unga mehr qoʻyish, maʼnaviy yuksalishning asosiy omili ekanligini kitobsevarlarimiz yaxshi bilishadi.
Darhaqiqat, Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek: - “Bugun kitob oʻqib oʻtirgan bola, ertaga televizor oldida oʻtirgan oʻnta bolani boshqarishi mumkin”. Demak, ota-ona bolada bogʻcha va maktab yoshigacha kitobga boʻlgan mehrni uygʻota olsa, farzandining kelajagidan albatta xursand boʻladi. Shunday ekan, farzandlarimiz qalbida yoshligidan kitobga mehr uygʻotaylik. Bugungi kunda har birimiz oʻz-oʻzimizga” Hayotda oʻz oʻrnimizni topishimiz uchun qanday asarlarni oʻqishimiz kerak?” degan savolni berishimiz kerak. Bu savol zamirida butun avlod tarbiyasi, uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishi, bir soʻz bilan aytganda yangi avlod kamoloti turishi kerak!
Rohatoy RAMANOVA,
Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazi
Bibliografiya xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶