GRANT LOYIHASI DOIRASIDA YoShLAR BILAN UChRAShUV OʻTKAZILDI
“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati xodimlari tomonidan Oliy majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarni qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Sogʻlom turmush tarzi – farovon hayot asosi” loyihasi rejasiga koʻra sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
15-aprel kuni 40-sonli maktabda tuman Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan ushbu tadbirda tahririyat masʼul kotibi O.Xudoyberganova, maxsus muxbiri O.Rajabova, tuman TTB shifokori T.Saidova hamda maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari ishtirok etdilar. Tadbirni maktab direktorining maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha oʻrinbosari M.Rahmatullayeva ochib berdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan tahririyat xodimlari loyiha doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, ularning samarasi, keng jamoatchilikka taʼsiri xususida soʻz yuritdilar. Shuningdek, bugungi kunda davlatimiz tomonidan sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida gapirib oʻtdilar. Tadbir davomida TTB shifokori T.Saidova sogʻlom turmush tarziga amal qilish tartibi, jismoniy sogʻlom boʻlish uchun amal qilish kerak boʻlgan gigiyena qoidalari, kasalliklarning oldini olish kabilar boʻyicha batafsil tushunchalar berdi.
Qiziqarli oʻtgan tadbir davomida oʻquvchilarga berilgan savollarga ham toʻliq javoblar berildi.
M.Shomurodov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶