01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 18:24
Jamiyat 👁 432

40-sonli maktabda “Inson qadri ulugʻ, xotirasi muqaddas” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

40-sonli maktabda “Inson qadri ulugʻ, xotirasi muqaddas” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Har bir inson yurt taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshish uchun yashaydi. Shunday odamlar borki, ular xalq farovonligi yoʻlida hattoki, jonlaridan kechishgan. Bular ikkinchi jahon urushida tinchlik uchun kurashgan yurtdoshlarimizdir.

Har yili mamlakatimizda 9-may – “Xotira va qadrlash kuni”ni keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, oramizdagi barcha faxriylarga hurmat koʻrsatish maqsadida bayram tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Jumladan, Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham 9-may − “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Inson qadri ulugʻ, xotirasi muqaddas” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Amudaryo tumani “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi oʻrinbosari, “Ardaqli nuraniy” koʻkrak nishoni sohibi Bekman Allabergenov, bir guruh mehnat faxriylari, maktab jamoasi hamda oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda maktabning iqtidorli oʻquvchilari oʻzlarining tayyorlagan sahna koʻrinishlari, ona Vatan hamda tinchlikni tarannum etuvchi dilbar navolari hamda goʻzal raqslari bilan yigʻilganlarni hursand qilishdi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tumani boʻlinmasi rahbari Mahsud Sadullayev Ikkinchi jahon urushida erishilgan Gʻalabaning 77 yillik bayrami bilan barchani muborakbod etdi.

Amudaryo tumani “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi oʻrinbosari, “Ardaqli nuraniy” koʻkrak nishoni sohibi Bekman Allabergenov esa tumanimizda ikkinchi jahon urushiga qatnashgan 4 ming 344 nafar insonning jasorati bugungi avlodlarga ibrat boʻlib kelganligini va bundan keyin ham shunday boʻlib qolishini taʼkidladi.

Mehnat faxriysi Soliy Sabirov esa Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jaxon urushi davrida koʻrsatgan jasorati, bukilmas irodasi va matonati, insonparvarlik fazilatlari haqida garirib tinchlikning qadriga yetish zarurligini, tinchlik buyuk neʼmat ekanligini taʼkidladi.

Darhaqiqat, tinchlik va baxt hamma vaqt birga yuradi, deydilar. Biz ham ona Oʻzbekistonimizda baxt va farovonlikka erishmoqni istasak, bugungi dorilomon hayot, yashash lazzati, rizq-nasiba neʼmati, orzu-havaslarga yetishmoq imkonidan unumli foydalanib, tinchlikning qadrini yaxshi anglashimiz, bunday eʼtiqod-odatlarni yoshlarga har kuni singdirib borishimiz lozim.

 Tadbir yakunida faxriylarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

F.Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026