Suvni isrof qilmang!
Suv—hayotning oliy neʼmati. U shunday moʻjizaki, dunyodagi har qanday tirik mavjudot uni isteʼmol qiladi. Albatta, hayotimizni suvsiz tasavvur qilish qiyin. Negaki suvsizlikdagi choʻlda na bir goʻzallik, na bir hayot bor. Shuning uchun ham suvni obihayot deb bejizga aytishmagan.
Har kuni kundalik turmushimizda qancha suv isrof qilishimiz haqida oʻylab koʻrganmisiz? Aslini olganda tish yuvish uchun 200 ml. yaʼni bir stakan suv kifoya. Ammo aksariyat kishilar tish tozalash chogʻida joʻmrakni oʻchirib qoʻyishni xayoliga ham keltirmaydilar. Natijada esa tishni tozalaguncha kamida 6-7 litr suv behudaga oqib ketadi. Buncha suvga yana kamida 30 ta odam tish tozalashi mumkin. Agarda butun Oʻzbekiston aholisi bir marta tish yuvishida suvni oqizib qoʻyadigan boʻlsa, naq 200 tonnadan ortiq suv isrof boʻladi. Bu hazilakam raqamlar emas. Bir marta tish yuvish uchun shuncha suv isrof boʻlsa, yuvinish va boshqa ehtiyojlar uchun ishlatiladigan qancha suv isrof boʻlishi haqida oʻylab ham koʻrmagandirmiz. Vaholanki, qaysidir hududlarda suv topishning oʻzi muammo. Shunday ekan, isrofgarchilikdan cheklanishimiz zarur.
Yer yuzida barcha resurslar chegaralanganligi kabi suv ham oʻz chegarasiga egaligini yaxshi bilamiz. Yer sayyorasining 70 foizini qoplagan 1,5 milliard kub kilometr ning 97 foizini okean va dengizlarning isteʼmolga yaroqsiz suvlari va 2 foizi muzliklarning suvlari tashkil etadi. Insoniyat zahirasida esa atigi 1 foiz isteʼmolga yaroqli chuchuk suv mavjud. Afsuski, u ham tobora qisqarib, global muammoga aylanib bormoqda.
Suvni tejash kerakligi haqida bizga bolalikdanoq uqtiriladi. Negaki, behudaga ishlatilgan suv isrof, isrof esa gunoh ekanligini unutmaylik! Shunday ekan, suvni isrof qilmang!
Muxlisa Olimova OʻzJOKU 1-bosqich talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶