DAVLAT XIZMATIDAN FOYDALANISh SODDALAShTIRILMOQDA
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Aholi va tadbirkorlik subʼektlari tomonidan 73 turdagi maʼlumotnoma va hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilinib, davlat organlari tomonidan ushbu maʼlumotlarni «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olish tizimi joriy etildi.
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat xizmatlari koʻrsatish koʻlamini oshirish, aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bu borada barcha uchun teng sharoitlarni yaratish orqali inklyuziv muhitni shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq 2022-yil 1-iyundan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali quyidagi davlat xizmatlaridan foydalanishda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmasligi belgilangan:
1. Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma berish.
2. Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
3. Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
4. Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruktsiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish.
5. Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish.
6. Qurilishi (rekonstruktsiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obʼekti uchun).
7. Qurilishi (rekonstruktsiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obʼekti boʻlmagan obʼekt uchun).
8. Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish.
9. Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish.
10. Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish.
11. Xorijiy davlatda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish uchun ariza yuborish.
12. Xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish).
13. Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va oʻrnatishga ariza yuborish.
14. Sovuq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va oʻrnatishga ariza yuborish.
15. Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va oʻrnatishga ariza yuborish.
16. Issiq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va oʻrnatishga ariza yuborish.
17. Gaz taʼminoti loyihasini hududiy gaz taʼminoti korxonasi bilan kelishish.
18. Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish.
19. Elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish.
20. Issiqlik energiyasini hisobga olish uskunasini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish.
21. Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma berish.
22. Issiqlik taʼminoti loyihasini issiqlik taʼminoti korxonasi bilan kelishish.
23. Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun elektr taʼminoti loyihasini kelishish.
24. Issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish.
25. 1,2 MPa bosimdan yuqori boʻlmagan gaz tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish.
26. Suvni hisobga olish priborini plombalash, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish.
27. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish.
28. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish.
29. Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish.
30. Narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish.
31. Baholovchilarning malaka imtihonini oʻtkazish va ularga malaka sertifikatini berish.
32. Rieltorlarning malaka imtihonini oʻtkazish va ularga malaka sertifikatini berish.
33. Koʻchmas mulk obʼektiga kadastr pasportini berish.
34. Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish.
35. Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS stantsiyalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish.
36. Gidrogeologik xulosa olish.
37. Hisoblangan ish haqi summalari toʻgʻrisidagi maʼlumot.
38. Harbiy roʻyxatga qoʻyish va undan chiqarish, kabi davlat xizmatlari amalga oshirishi belgilangan.
Xaytboyev Sarvar Gulmanovich
Tuman Davlat xizmatlar markazi boʻlim boshligʻi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶