DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA KARShI KURAShISh – MUHIM VAZIFA
Maʼlumki, din hamisha insonlarni yaxshilikka, ezgu maqsadlarga chorlagan. Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, islom dini bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham maʼrifatdir. Shu bois keyingi davrda musulmonlarning eʼtiqodi va diniy hissiyotlaridan ustakorlik bilan foydalanib, diniy ekstremistlar va terrorchilar tomonidan islom bayrogʻi ostida amalga oshirilayotgan jinoyatlar ularning haqiqiy qiyofasini namoyon etmoqda.
Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmni bartaraf qilish amaliyotida “Oʻzbekiston omili”ning oʻrni, jumladan Yurtboshimizning xalqaro miqyosda oʻtkazilgan anjumanlarda, MDH davlatlari boshliqlarining oliy darajadagi sammitlarida, tashabbuskorligi omil sifatida muhim ahamiyatni kasb etayotganligi, Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 2000-yil 15-dekabrda “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida” Qonun qabul qilinganligining ahamiyati tahlil qilingan.
Zamonaviy terrorizmning ikkita alohida xatarli belgisini ajratib koʻrsatish mumkin; bir tomondan, u tobora shafqatsizroq gʻayriinsoniy mohiyat, ikkinchi tomondan, aqlga sigʻdirish qiyin jugʻrofly koʻlamlar kasb etib bormoqda. AQSh Davlat departamentining maʼlumotlariga koʻra, hozirda dunyoda har yili 650 dan ortiq bunday hodisalar sodir etilmoqda. Bu degani - har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qoʻrquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni koʻzlagan, kamida ikkita qoʻporuvchilik amalga oshirilmoqda. Xatarli jihati shundaki, ularning soni muntazam oshib bormoqda.
Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni asrash har birimizdan hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Ayniqsa, globallashuv jarayonlari shiddatli tus olgan hozirgi davrda xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy gʻurur, iftixor, tuygʻusini, yanada chuqurroq shakllantirish buyuk davlatimiz kelajagiga maʼsul boʻlgan barcha yurtdoshlarimizning muhim vazifasi hisoblanadi.
M.Matyusupov, tuman Adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶