30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 19:11
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,976

HOSIL MOʻL, XIRMON YuKSAK

HOSIL MOʻL, XIRMON YuKSAK

Oʻzbek paxtasini jahon bozoriga chiqarishda paxtani qayta ishlash sanoatining oʻrni beqiyos. Shu sababli 2001-yil 11-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilinib, Farmon asosida "Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tashkil etilgan edi.

Paxta tolasi "Oʻzpaxtasanoat” uyushmasiga qarashli paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqariladigan, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotning muhim turlaridan biri boʻlib, xalqaro ekspertlar fikricha, soʻnggi yillarda oʻzbek tolasining paxta bozori talablariga toʻliq javob beruvchi sifat xususiyatlarining yaxshilanishi sababli unga boʻlgan qiziqish yanada oshdi.

Tumanimizda yetishtirilgan paxtani yigʻim-terim mavsumida uzluksiz qabul qilib olish tuman paxta tozalash korxonasining asosiy vazifasidir. Korxona zimmasiga xom ashyoni saqlash, uni sifatli qayta ishlash, paxta mahsulotlari ishlab chiqarish, paxta terminallari orqali eksportga joʻnatish, gʻoʻzaning urugʻlik fondini tayyorlash kabi vazifalar yuklatilgan. Shu bilan birga, korxona fermer xoʻjaliklariga urugʻlikni taqsimlash, yetkazib berish, xom ashyoni yigʻib-terish va uni keyingi ishlov uchun paxta tayyorlash punktlariga qabul qilishgacha boʻlgan koʻplab tadbirlarning amalga oshirilishida koʻmaklashadi.

Xalqimizda "Urugʻ sifati – hosil barakasi”, degan gap bor. Bu bejiz aytilmagan. Shu bois boʻlsa kerak, koʻpni koʻrgan usta dehqon-paxtakorlar bilan suhbatlashsangiz, hosildorlikning kutilganidek boʻlishi urugʻlik chigitning navdor, sara boʻlishiga bogʻliq ekanini taʼkidlashadi. Darhaqiqat, paxta tolasining uzunligi, pishiqligi, sanoatbopligi va sifati koʻp jihatdan urugʻlikka bogʻliq. Tumanimizdagi 262 ta fermer xoʻjaliklari bilan urugʻlik chigit yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq, hududlardagi 17 ta shoxobchalar orqali 1538 tonna chigit ekish mavsumida oʻz vaqtida yetkazib berildi. Bu yil paxta yetishtirish uchun ajratilgan asosiy maydonlarga gʻoʻzaning "Omad”, "S-4727”, "Sulton", "Porloq", "Buxoro-8” va boshqa qator navlar urugʻlari ekildi.

Mavsumdagi muhim yangilik - korxonamizga qarashli zavodning "Oq oltin” ovuli hududida joylashgan "Oq oltin” paxta qabul qilish maskani hududiga koʻchirilgani boʻldi. Mavsum oldidan ushbu yangi paxta tozalash zavodi hududi obodonlashtirilib, uning qoshida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obʼektlari qurilishi poyoniga yetkazildi. Zavodning yangi maskanga koʻchib oʻtishi munosabati bilan "Yulduz” ochiq hissadorlik jamiyati nomi oʻzgartirilib, "Amudaryo paxta tozalash” aktsiyadorlik jamiyati shaklida qayta roʻyxatdan oʻtkazildi.

Eng muhimi, joriy yilgi paxta yigʻim-terimi muvsumiga puxta tayyorgarlik koʻrildi. Korxonaning asosiy qabul maskani hamda unga qarashli joylardagi paxta qabul qilish maskanlarida mavsumga tayyorgarlik ishlari sifatli bajarildi. Xususan, qabul maskanlarida transportyorlar, gʻaram maydonchalari, paxta qabul qiluvchi moslamalar, havo soʻrgichlar, gʻaram buzgich uskunalar, avtotarozi binosi, suv hovuzi, maskanlar hududini oʻrab turgan devorlar sifatli taʼmirlandi. Mavjud avtotarozilar davlat standarti koʻrigidan oʻtkazildi. Paxta gʻaramlarini yaxshi saqlash uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Joriy yilning 10-sentyabridan boshlab korxonamizga qarashli 6 ta paxta qabul qilish maskanlarida "oq oltin” ortilgan karvonlarni qabul qilish boshlab yuborildi. Shu kungacha qabul qilingan jami hosilning konditsion vazni 33 ming tonnadan ortib ketdi.

Mavsum boshlanganidan beri fermer xoʻjaliklariga qoʻl terimiga jami 7 mlrd. soʻmdan ortiq naqd pul mablagʻlari tijorat banklari tomonidan terim puli sifatida tarqatildi.

Korxonamizda 400 nafardan ortiq ishchilar mehnat qilmoqdalar. Ulardan bosh muhandis Baxtiyor Toʻrayev, bosh energenik Mahmud Boltayev, bosh mexanik Paraxat Oʻrozboyev, tayyorlov boʻlimi boshligʻi Bahodir Qodirov, texnik nazorat boʻlimi boshligʻi Rajab Toʻrayev kabi oʻz kasbining jonkuyarlari paxtakorlarimizning peshona teri evaziga yetishtirilgan "oq oltin”ini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash jarayonida fidoyilik koʻrsatmoqdalar.

Fursatdan foydalanib, mehnat jamoamiz nomidan tumanimiz paxtakorlarini, fermerlarni, qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislarini va barcha hasharchilarni mehnat zafari – tumanimizda davlatga paxta topshirish boʻyicha shartnomaviy rejaning bajarilishi munosabati bilan tabriklagan holda "Hormang, aziz paxtakorlar!” deymiz!

Olimboy XUDOYBERGANOV,

"Amudaryo paxta tozalash” aktsiyadorlik jamiyati raisi.

M.HABIBULLAYeV

olgan surat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026