01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 19:43
Maqolalar 👁 280

MUZAFFARNING ISh KUNLARI

MUZAFFARNING ISh KUNLARI

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 18-Xitoy saylov okrugidan deputati Muzaffar Yeshchanov har gal saylovchilari bilan uchrashganida saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi har bir fuqaro, har bitta oila va xonadon hayotiga doir yutuq va muammolarni avvaldan sinchiklab oʻrganadi.

M.Yeshchanovning deputat sifatidagi oʻz hayot shiori bor: “Yakka odam oʻzi muvaffaqiyat qozonolmaydi, barcha masalada uni ragʻbatlantirib turuvchi kuch − xalqdir”. Shuning uchun ham u deputat boʻlmasidan avval, Toshkent Davlat agrar Universitetini tugatib, 2008-yilda “Shoʻr qalʼa” fermer xoʻjaligi ish yurituvchisi sifatida ilk mehnat faoliyatini boshlagan kunlaridanoq xalq ichiga kirib borish, ular bilan birga mehnat qilish, quvonch-u tashvishlarini birgalikda baham koʻrish orqali kundalik  ish rejalarini muvaffaqiyatli, toʻsiqlarsiz amalga oshirish mumkinligini anglab yetdi.

Ishonch − inson orzulariga qanot bagʻishlaydi, deydilar. Muzaffar ham ana shu ishonch tuygʻusini his etgan sari yosh boʻlsa-da, nufuzli mehnat jamoalarida, xususan, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimining irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari va qurilmalari boʻyicha yetakchi mutaxassisi, Namuna MMTP raisi, MChJ shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi agronomi, Meliorativ ekspeditsiyaning Amudaryo meliorativ uchastkasi boshligʻi vazifalarida sidqidildan xizmat qildi. U qaysi  jamoada, qay lavozimda ishlashidan qatʼiy nazar, bir vaqtning oʻzida “Muzaffar Yeshchanov” fermer xoʻjaligiga ham rahbarlik qildi. Paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish boʻyicha “Muzaffar Yeshchanov” fermer xoʻjaligini tumandagi ilgʻor qishloq xoʻjalik korxonalari safiga  olib chiqdi.

U okrug hududidagi mahallalarda xotin-qizlar faollari, koʻcha boshchilari va nuroniylar ishtirokidagi har bir uchrashuvida Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyati xususida tushunchalar berib, ushbu strategiyaning xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash, farovonligini taʼminlashga xizmat qilishga qaratilgan bandlari bugungi hayotimizda yaqqol namoyon boʻlishi uchun har bitta xonadon va oilada amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarga alohida ahamiyat qaratadi. Xususan, kam daromadli, ehtiyojmand oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha oʻz rejalari asosida davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor yuzasidan saylovchilarning fikrlari, takliflarini oʻrganishdan aslo charchamaydi.

M.Yeshchanov  ayni paytda Namuna mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman hokimi yordamchisi sifatida deyarli har kuni xalq bilan birga. 18-Xitoy saylov okrugi hududidagi va Namuna mahallasi tasarrufidagi barcha koʻchalar va mahalla guzarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga bosh-qosh.

M.Yeshchanovning ham deputat, ham hokim yordamchisi sifatidagi faoliyat koʻlami  ancha keng. Oʻzi tugʻilib-oʻsgan  Namuna mahallasi ahli, qolaversa, 18-Xitoy saylov okrugi hududidagi mahallalarda yashovchi saylovchilar ishonchini oqlash, xalqning dard-u tashvishlariga sherik boʻlib yashash uning zimmasidagi masʼuliyatli vazifadir. Oilada esa tartib-intizomni xush koʻradigan umr yoʻldosh va mehribon ota. Rafiqasi Maʼmuraxon bilan ikki oʻgʻil, ikki qizni ilmli-maʼrifatli qilib voyaga yetkazishmoqda. Obod va charogʻon oila qoʻrgʻoni hamisha saranjom-sarishta, yaxshilar qadamidan fayzli. Deputat va hokim yordamchisi, namunali fermer xoʻjaligi rahbari, ibratli oila sohibi Muzaffar Yeshchanovning har bir ish kuni xalq bilan birga, unga ishonch bildirgan saylovchilar davrasida kechadi. Mazmunli uchrashuvlar, samimiy va oshkora muloqotlarga boy bunday davralar yosh va tashabbuskor deputatga yana yangi orzular, rejalar sari yoʻl ochaveradi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026