Jamiyat
👁 172
“BOLALARGA BERING DUNYoNI” MAVZUSIDA RASMLAR KOʻRGAZMASI OʻTKAZILDI
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan barcha hududlarda keng miqyosdagi tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Shu yil 1-iyun kuni 1-sonli maktabda “Bolalarni bering dunyoni” mavzusida rasmlar koʻrgazmasi oʻtkazildi. Koʻrgazmada 2-8-sinflar oʻquvchilarining turli mavzularda chizgan rasmlari qoʻyildi. Oʻquvchilar oʻz rasmlarida Vatan, tabiat, natyurmort, sevimli ertak qahramonlari va boshqalarni oʻziga xos rang tasvirlar orqali ifodalashgan. Har bir oʻquvchi rasmlarni chizishda ranglardan toʻgʻri foydalanishga harakat qilgan.

Koʻrgazmaga tashrif buyurgan maktab direktori, oʻqituvchilari, oʻquvchilar va ularning ota-onalari katta taassurotlar bilan qaytishdi.

Sarvar Nurullayev,
1-sonli maktabning tasviriy sanʼat fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶