Savol bering, javob beramiz
Savol:
Otalikni belgilash tartibi qanday amalga oshiriladi?
Javob:
Otalikni belgilash – ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki sudning otalikni belgilash toʻgʻrisidagi hal qiluv qaroriga asosan tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.
Otalikni belgilash ariza berilgan kuni ota-onaning ishtirokida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda ota-onalardan biri ishtirok etolmagan taqdirda, uning arizadagi imzosi qonun bilan belgilangan tartibda tibbiyot muassasasi, FHDYo organi, harbiy qism yoki jazoni ijro etish muassasasi rahbari imzosi va gerbli muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Agar tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi boshqa FHDYo organida qayd qilingan boʻlsa, u holda otalikni belgilash haqidagi arizani qabul qilgan FHDYo organi arizadagi maʼlumotlarni arizachilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan solishtirib, imzolarini tasdiqlaydi va tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etgan FHDYo organiga ijro uchun joʻnatadi, shuningdek, bolaning tugʻilganligi haqida dalolatnoma yozuvi MDH mamlakatlarida qayd etilgan boʻlsa, otalikni belgilash haqidagi ariza yoki ushbu masala boʻyicha sud qarori (rus tilidagi tarjimasi bilan) tugʻilganlik haqidagi guvohnoma bilan birga tegishli FHDYo organiga yuboriladi.
FHDYo organi tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga berilgan arizaga muvofiq zarur oʻzgartirishlarni kiritadi hamda tugʻilganlik haqidagi yangi guvohnomani joʻnatadi.
10 yoshga toʻlgan bolaga otalik uning roziligi bilan belgilanadi. Bunda bolaning roziligi ota-onasi tomonidan berilgan arizada uning shaxsiy imzosi bilan ifodalanadi.
Otalik bolaning otasi boshqa ayol bilan qonuniy nikohda turganligidan qatʼi nazar belgilanadi. Shu sababli otalikni belgilashda uning xotinining roziligi talab etilmaydi.
SavolgaIIIdarajali huquqshunos, tuman FHDYo boʻlimi inspektori Zulxumor Baltabayeva javob berdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶