01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 15:29
Jamiyat 👁 411

Qirq yildan keyingi diydor

Qirq yildan keyingi diydor

Joriy yilning 4-iyun kuni Amudaryo tumanidagi 24 – sonli umumiy oʻrta maktabni 1980-yilda tugatgan sobiq bitiruvchilarning 40 yillik yubiley uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ushbu dargohni qirq yil muqaddam tamomlagan sobiq oʻquvchilar diydorlashuvi maktab binosida tashkil etildi.

Uchrashuvga Respublikamizda fan, taʼlim, harbiy sohada, xususiy tadbirkorlikda, pedagogika sohasida faol mehnat qilib kelayotgan 25 dan ziyod bitiruvchilar kelishdi. Uchrashuvga kelgan bitiruvchilar  nafaqat tumanimizda, balki Respublikamizda ham oʻzlarining faol xizmatlari, ulkan tajribalari bilan tanilgan yetuk mutaxassislar boʻlib, Vatanimiz ravnaqi uchun hissa qoʻshayotgan, hozirgi kunda oʻzining boy amaliy tajribasi bilan oʻsib kelayotgan yosh avlodga oʻrnak boʻlayotgan aziz insonlardir.

Uchrashuvda maktabning 25 dan ziyod sobiq oʻquvchilari hamda ularning ustoz – murabbiylari, sobiq oʻqituvchilaridan Podshagul Erniyazova, Boltaboy Alimboyev, Omongul Qayirbergenova, Nagʻishboy Nurniyazovlar qatnashdilar.

Maktab oʻquvchilari tomonidan tashkil etilgan uzoq yillik sinfdoshlar uchrashuvi bayram tantanalariga aylanib ketdi. Tadbirniing tashkiliy qismi maktab binosida oʻtkazildi.

Tadbirda Qozogʻistondan tashrif buyurgan yoshi ulugʻ sobiq ustozlar, faxriy oʻqituvchilar soʻzga chiqib, sobiq oʻquvchilarni 40-yilik uchrashuv bilan muborakbod etdilar. Ularga maktab hayoti, oʻquvchilik yillariga doir qiziqarli maʼlumotlar, hayotning totli onlari xususida iliq fikrlarini bayon etdilar. Sobiq sinfdoshlar ham oltin yoshlikning unutilmas lahzalari, qadr – qimmat, ustozlarga eʼzozlar haqida dil izhorlarini bayon qildilar.

Zamonaviy jihozlangan xonalarda taʼlim olayotgan bugungi kun oʻquvchisiga havas bilan qarashar ekan, bugun yurtimizda ilm – fan va texnologiyalarning bugungi global dunyoda jadal oʻsishi, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilib, ularning isteʼdodi va qobilyatlarini toʻliq amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilganligini taʼkidlab oʻtdilar.

Sinf partalarida oʻtirar ekan, maktab davrida kechgan qiziqarli voqealar, ajoyib sarguzashtlarni miriqib eslashdi. Uchrashuvga kelgan bitiruvchilar maktabning hozirgi hayoti, ilm – fandagi yutuqlari, yangi texnologiyalar bilan tanishdilar va oʻzlarining taassurotlari, bolalik xotiralari bilan oʻroqlashdilar.

Bundan 40-yil oldin maktabni tugatgan sobiq oʻquvchilar taʼlim maskani oldida esdalik fotosuratlariga tushdilar va ustozlarga taʼzim bajo keltirib, maktab rahbariyatiga, ustoz – murabbiylariga ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar, yaxshi niyatlar va istaklar bildirishdi.

Sinfdoshlar oʻrtasidagi doʻstlik tuygʻusi insonni maʼnaviy qoʻllab – quvvatlovchi, uning ogʻirini yengil qiluvchi, ruhiyatini koʻtaruvchi, oʻziga ishonch orttiruvchi kuch hisoblanadi. Insonda doʻstlik, birodarlik, oʻzaro ishonch tuygʻulari darhol yuzaga kelib, oʻz – oʻzidan mustahkamlanib qolmaydi, balki yillar davomida shakllanib boradi.

Tashkilotchilar uzoq va yaqindan kelgan bitiruvchilarni bir payola choyga taklif qildilar, doʻstlar uchun yozilgan dasturxon atrofida doʻstona suhbat va oʻyin – kulgular bilan bitiruvchilar tantanasi uzoq vaqt davom etdi. Sinfdoshlarning sogʻinchli diydorlashuvi uzoq yillar xotirada muhrlanib qoladigan darajada yuqori saviyada oʻtkazildi.

Uchrashuv jarayonida sobiq bitiruvchilarning dil soʻzlari bir – biriga ulanib ketdi, shoʻx- shodon  oʻyin – kulgular avj olib, kuy – qoʻshiqlar yangradi.

Sevara ISMOILOVA, QDU talabasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026