30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:34
Adabiyot 👁 2,802

Unutilmas xotiralar

Unutilmas xotiralar

Uyga kelsam mehmonlar kelgan ekan. Keyinchalik bilsam, ular "Amudaryo haqiqati” gazetasi muharriri Sobir aka Yusupov, muharrir oʻrinbosari Nurulla aka Xudoyorov, gazetaning masʼul kotibi Sobir aka Qutlimurodov, suratchi Safarboy Shomurodov va Tursunboy aka Davlatboyevlar ekan. Ular qoʻllaridagi gazetani oʻqib suhbatlashar, quvonchdan dillari yayrab oʻtirardilar. Bu 1965-yilning yoz fasli, "Amudaryo haqiqati” gazetasi va 4-bosmaxona qayta tashkil qilingan davr edi. "Ochil, oʻgʻling nimaga qiziqadi”, deb akam (otamni biz aka deb atardik)dan soʻrashganlarida u kishi mening adabiyotga va surat olishga qiziqishimni, fototoʻgarakda fotoapparat bilan suratga olishni oʻrganganligimni aytdi. Shunda Nurulla aka Xudoyorov menga "ertaga tahririyatga bor, Safarboy akangga yordamchi boʻlasan”, deb tayinladi.

Tahririyatda Nurulla aka Xudoyorov va Sobir aka Qutlimurodovlar gazetaga xabar yozishga qiziqish uygʻotdi. Koʻp oʻtmay "Sinfimiz aʼlochilari” deb nomlangan birinchimaqolam chiqdi. Keyinchalik gazetada xabar, lavha, hikoya, hajviya, sheʼrlarim bilan qatnashib turdim. Maktabni bitirgach, mustaqil hayotga ilk qadamimni 4-bosmaxonada shogird boʻlib ishlashdan boshladim. Nukus poligrafkombinatida linotipchilar tayyorlash oʻquv kursida oʻqidim. Linotip mashinasida harf terish va uni sozlashni oʻrgandim. 1969-yil 4-bosmaxonaga linotip mashinasi keldi va uni menga linotipda harf terish va sozlashni oʻrgatgan ustozim Kenjaboy aka Yerniyazov bilan qurib, ishga tushirdik.

Tumanimizda 4-bosmaxonada birinchi linotipda harf tergan Umida opa Mambetova boʻldi va menga oq fotihasini berdi. Bosmaxonada gazetaga linotipda harf terish boshlandi. Serqirra ijodkorlarning yozganlarini birinchi oʻqish va harflarda terish zavqli ish, qiyin, masʼuliyatli vazifa edi. Yosh ishchilarga oʻzlarining tajribalarini oʻrgatib, ishga havas uygʻotgan ustozlar Gulbiy opa Davletmurodova, Kunjarqin opa Otamurodova, gazeta sahifalovchi Momojon opa Abdullayevalar bizlardek yoshlarni bosiq, chidamli, vazmin boʻlib ishlashimizga undardi. Harf terish igna bilan quduq qazishdek gap. Gazetani chop qiluvchi Rajab aka Abdullayev, Saʼdulla aka Qurolov ishlarini Oyimjon opa Niyozova, Jumagul Sobirova, Bibirobiya Omonovalar davom qildirdilar. Qishloq qizi Jumagul Erdosheva Mangʻitga turmushga chiqqach, ish faoliyatini bosmaxonada harf teruvchilikdan boshlab, gazetani chop qilishni ham mukammal oʻrgandi. Linotipda harf terishda ilk mehnat faoliyati bosmaxonada ishlashdan boshlangan Jumaboy Abdullayev koʻplab shogirdlar chiqardi. Jumagul Erdosheva, Gulandom Yangiboyeva, Dilbar Jumamurodova, Ulboʻsin Obdolova, Norgul Yusupova oliy maʼlumotli muhandis-texnolog Gulbahor Ibrohimova kabi yoshlarga linotipda harf terishni Maryam Begaliyeva bilan oʻrgatdilar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlariaro raqobatlashuvda 4-bosmaxona mehnat jamoasi gohida gʻolib, gohida yuqori oʻrinlarni olib keldi.

Vaqt oʻtgach, shogirdlikdan usta darajasiga yetib ishladim.

Gazetani chop qilishda fidokorlik koʻrsatib uzoq yillar ishlagan Jumaboy Boltaboyevning hissasi katta.

Joriy yilda gazeta tashkil qilinganligining 80 yilligi nishonlandi. Ha, oʻz mehnatlari tufayli elga tanilgan 4-bosmaxona sobiq ishchilaridan tortib, hozirgi kunda mehnat qilayotgan matbaachilarning gazeta bosmadan chiqishida salmoqli hissalari bor, albatta. Buni aslo unutib boʻlmaydi.

Davlatboy Ochilov,

mehnat faxriysi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026