01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 16:57
Jamiyat 👁 382

AYBSIZLIK PREZUMPTsIYaSI PRINTsIPIGA AMAL QILAYLIK

AYBSIZLIK PREZUMPTsIYaSI PRINTsIPIGA AMAL QILAYLIK

Aybsizlik prezumptsiyasi umumhuquqiy norma boʻlib, unga amal qilish jinoyat protsessining barcha bosqichlarida ustuvor hisoblanadi. Huquqiy hujjatlar inson manfaatiga xizmat qiladi yoki aksincha, erkin harakatlanishga toʻsiq boʻlishi ham mumkin. Jahon tajribasida deyarli barcha mamlakatlar qonunchiligida aybsizlik prezumptsiyasi (aybdorning jinoyati qonuniy tartibda isbot qilinmaguncha, u aybsiz hisoblanadi va aybsizligini isbotlab berishi shart emas) mavjud.
Xoʻsh, Oʻzbekiston qonunchiligida vaziyat qanday? Aybsizlik prezumptsiyasiga amal qilinmoqdami?

Konstitutsiyamizning 26-moddasida “Jinoyatda ayblanayotgan har bir shaxsning aybi ochiq sud muhokamasi yoʻli bilan qonuniy tartibda aniqlanmaguncha, aybsiz deb hisoblanadi va unga oʻzini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi” deb kafolatlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasida ushbu tamoyilga kengroq taʼrif berilgan. Oliy sud Plenumi qarorining 6-bandida ham toʻgʻridan-toʻgʻri “Sud muhokamasining ochiqligi sud majlisida jarayon ishtirokchisi boʻlmagan shaxslarga, shu jumladan ommaviy axborot vositalari vakillariga hozir boʻlish imkoniyatini berish orqali taʼminlanadi” deyilgan.

Misol tariqasida, shaxs qaysidir jinoyatni qilganlikda xuddiki, aybdor sifatida jamoatchilik oʻrtasida, masalan, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilindi. Biroq ertaga sudda shaxsning aybi isbotlanmay, u oqlansa-chi? Shaxsning keyingi taqdiri nima boʻladi? Maʼlum bir tizim yoki sohaning obroʻsi nima boʻladi? Oqibatda sudlanuvchi shaxsning sharmanda boʻlgani qoladi, shaʼni, qadr-qimmati kamsitiladi. Shaxs ishlayotgan tizimning obroʻyini tushirib, uning nufuzini pasaytirib, xalqning oʻsha tashkilotga nisbatan salbiy fikrlarining paydo boʻlishiga olib keladi.

Shuningdek, shaxsning goʻyoki jinoyat sodir qilganlikdagi harakatlari internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilik oʻrtasida muhokama qilinishi kelgusida tergov organining ishni tergov qilishda yoki sudda ishni koʻrishda mustaqil sudyada oʻsha shaxsga nisbatan barvaqt salbiy xulosa shakllanishiga turtki boʻlishi mumkin. Bu esa mustaqil sudning fikriga qaysidir maʼnoda taʼsir qilishga olib keladi.

Baʼzi hollarda ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik ishtirokidagi keng muhokamalar ishni yuritayotgan tergov organiga ham taʼsir qilib, qonuniy qaror qabul qilishda chalgʻish holatlari ham uchramoqda va bu shaxsning aybsizlik prezumptsiyasiga zid ravishda shaxs taqdiriga bevosita taʼsir qilmoqda.

Shubhasiz, jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari oʻzlari chop etayotgan axborotlarning toʻgʻriligi hamda ularni bayon etish shaklining odob doirasida boʻlishi uchun javobgardirlar. Oʻzbekiston Respublikasining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunida jurnalistning aybsizlik prezumptsiyasiga amal qilishi, shaxsning huquqlari va erkinliklarini, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shartligi koʻrsatilgan. OAVda tarqatilgan axborot haqiqatan ham shaxsning shaʼni, qadr-qimmati va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqini buzishi mumkin.

Xulosa oʻrnida aytadigan boʻlsak, qonun ustuvor boʻlgan davlatda, huquqiy demokratik jamiyatda soʻnggi soʻzni hamisha sud aytadi. Sud soʻnggi soʻzini aytguncha, shaxsning aybdor yoki aybsiz ekanligini muhokama qilmasdan, aybsizlik prezumptsiyasiga amal qilaylik.

Sh.Vaisniyazov, tuman Adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026