01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 16:56
Jamiyat 👁 240

Yoshlar oyligi doirasida hokim va yoshlar uchrashuvlari davom etmoqda

Yoshlar oyligi doirasida hokim va yoshlar uchrashuvlari davom etmoqda

16-iyun kuni Amudaryo tumanining Daryoboʻyi mahallasi hududida joylashgan 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Muxtor Yusupov, tegishli tashkilot masʼullari hamda 30 dan ortiq faol yoshlar ishtirok etishdi.

 Uchrashuv davomida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev tarixan qisqa davrda Oʻzbekiston yoshlari erishgan muvaffaqiyat va yutuqlar zamirida davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan katta gʻamxoʻrlik va yuksak eʼtibor mujassam ekanligini taʼkidladi.

 Qayd etilganidek, bugun mamlakatimizda yoshlarni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalash, ularning salomatligini mustahkamlash, qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar jarayonidagi ishtirokini kengaytirish masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy pozitsiyasi, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega boʻlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, sportga jalb qilish orqali ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasida hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar oʻz samarasini bermoqda.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Muxtor Yusupov tomonidan tumanda yoshlar oʻrtasida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik, hamda yoshlarning murojaatlariga alohida eʼtibor qaratilayotgani oʻzining ijobiy natijasini berayotgani, shuningdek, hududlarda oʻtkazilayotgan “Hokim va yoshlar uchrashuvlari” yoshlarning hayotida uchrayotgan toʻsiq va muammolarning ijobiy hal etilishida muhim omil boʻlib xizmat qilayotgani eʼtirof etib oʻtildi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan turli mazmundagi 8 ta murojaat kelib tushdi.

Jumladan murojaatlar yer ajratilishi, tikuv mashinasi uchun hamda asbob-uskuna  uchun subsidiya ajratilishi, imtiyozli kredit olish, kontrakt toʻlovining qoplab berilishi, moddiy yordam koʻrsatilishi kabi masalalarda boʻldi.

Murojaatlar tegishliligi boʻyicha masʼullarga yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi. Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda yoshlarga taalluqli barcha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar, gʻoya va tashabbuslarini tuman hokimiga tugʻridan-toʻgʻri murojaat qilib yetkazishdi.

Uchrashuv yakunida tuman hokimi barcha yoshlarni yaqinlashib kelayotgan “Yoshlar kuni”ni bilan samimiy tabriklab, oʻqish va ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026