01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 16:57
Jamiyat 👁 359

“YuSUF EShON BOBO” JOMʼE MASJIDIDA 25 NAFAR AMUDARYoLIKNI HAJ SAFARIGA JOʻNATISh MAROSIMI OʻTKAZILDI

“YuSUF EShON BOBO” JOMʼE MASJIDIDA 25 NAFAR AMUDARYoLIKNI HAJ SAFARIGA JOʻNATISh MAROSIMI OʻTKAZILDI

Yer yuzining barcha qitʼalaridagi musulmonlar shu muqaddas oyda Haj ziyoratiga borib, Islom dinidagi beshinchi arkon amallarini ado etishadi. Darhaqiqat, muborak safarga borish, tabarruk Kaʼbatullohni tavof qilish har bir moʻmin-musulmonning niyati, orzusidir.

 Butun dunyoga tashvish keltirgan koronavirus pandemiyasi sababli Haj ziyoratiga borish maʼlum muddatga toʻxtab qolgan edi, joriy yildan yana ulugʻ safarga yoʻllar ochildi.

Shu yil 24-iyun kuni Mangʻit shahrida joylashgan “Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidida hamyurtlarimizni muborak Haj safarga joʻnatish bilan bogʻliq kuzatuv marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda tuman hokimligi masʼullari, shuningdek, ziyoratchilar va ularning yaqinlari ishtirok etishdi.

Hayajonli damlarda Yaratganning bayti sari yoʻl olayotgan, orzulari ushalgan hamyurtlarimiz eson-omon muborak qadamjolarni ziyorat qilib kelishni soʻrab, xayrli duolar qilishgan boʻlsa, kuzatishga chiqqan yaqinlari Kaʼbatullohga borish ularga ham nasib etishini dillariga tugishdi.

Taʼkidlash joizki, Prezidentimizning alohida eʼtibori va gʻamxoʻrligi natijasida minglab vatandoshlarimiz oʻz farzlarini emin-erkin bajarish baxtiga erishmoqda. Bu borada ularga davlatimiz tomonidan juda katta amaliy yordam koʻrsatilmoqda, qulay sharoit yaratib berilmoqda.

Kvotalar pandemiyadan avvalgiga qaraganda qariyb 4 ming nafar, yaʼni 52 foizga koʻpaydi. Albatta, Oʻzbekiston aholisiga berilgan imkoniyatlar, inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan izchil siyosatning yorqin samarasi boʻldi.

Aytish kerakki, Haj farzini ado etish uchun haj safariga otlanishning oʻz tartib-qoidalari bor. Bu borada 2017-yilda Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha tegishli qarori qabul qilingan edi.

Unga koʻra, tumanimizda ham Haj safariga otlanishni niyat qilgan fuqarolarning nomzodlarini saralab olish uchun mahallarda ishchi guruhlar tuzildi. Bu yilgi Haj mavsumi arafasida bu boʻyicha tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan 25 nafar ziyoratchilar nomzodi saralab olinib, tuman ishchi guruhiga taqdim etildi. Tuman ishchi guruhi tomonidan har bir nomzod bilan belgilangan tartib-qoidalar asosida suhbat oʻtkazilganidan soʻng, ular haj safariga yuborishga tavsiya etildi.

“Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidida boʻlib oʻtgan kuzatish marosimida boʻlgʻusi hojilarga ziyorat davomida Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar xizmat koʻrsatib, tajribali ishchi guruh va malakali shifokorlar hamrohlik qilishi va boshqalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Maʼlum qilinishicha, ziyoratchilar Madina shahrida «Masjidi Nabaviy»dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli «Zam-zam Pullman» va «Kraun Plaza» mehmonxonalarida, Makka shahrida esa «Abroj al-Hidoya» mehmonxonasida istiqomat qiladi. Ziyoratchilar mehmonxonadan tashqari, Mino-Muzdalifa-Arafot manzillarida ham uch mahal issiq ovqat hamda bepul tibbiy xizmat bilan taʼminlanadi.

Boʻlgʻusi hoji bobo va hoji onalarga eson-omon Alloh yoʻlidagi farzlarini ado etib qaytishlarini, ziyoratlari qabul boʻlishini tilab qolamiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026