Jayxun ilhomlari
Bor gap şu
(şoir Abdurazzoq Obröyevning “Jurnalistlar boy bölurmi?” şeʼriga javob).
Jurnalistlar boy bölolmas,
Axir yulduz oy bölolmas.
“Töyğazadi” qornin gapga,
Şu boisdan ortda safda.
Vijdonini sotolmaydi,
Loqaydlardek yotolmaydi.
Yomonlarni körolmaydi,
Aslo pora sörolmaydi.
Tanqid yozib, topar raqib,
Qöyişarlar uni çaqib.
Sal aybiga kulişarlar,
Terisini “şilişar”lar.
Mudom el-yurt xizmatida,
Egri yurmas izzatida.
Bor bisoti sözdir uning,
Quloği ham közdir uning.
Kim körganni yoqtiradi,
Boğçasiga boqtiradi?
Im-jimida işlar bitib,
Turganini yursa “titib”.
Aybin bilib sökaversa,
Ayron qilib tökaversa.
Ayamasa döst-yorin ham,
Tinglamasa dod-zorin ham.
Adolat, deb qatʼiy tursa,
Xörlaganni söz-la ursa.
Ayting, kim ham unga jöşar,
Tiyiniga tiyin qöşar?
Töğri, halol bölolmas boy.
Quruq qumdan işlanmas loy.
Bu gap mağzin çaqqan bilar,
Quloğiga sirğa qilar.
Taqdiridan qoçolmas u,
Afsus, tuproq soçolmas u.
Şon-şuhratin toptay, demas.
Bor nonini pinhon yemas.
Qanoatda tengi yöqdir.
Çoponining “yengi” yöqdir.
Bor bisoti qalam, qoğoz.
Yaşaşi ham xulqiga mos.
Nolimoqqa bölmas tobi,
Goh-gohida piçoq sopi.
Xullas kalom, oti uluğ,
Supra esa doim quruq.
Binobarin, kulmang bizga,
Navbat yetar bir kun Sizga!
Mana men ham hazil bitdim,
Sizga “sovğa” qilib tutdim.
Saʼdulla XÖJANIYoZOV.
Şoira
Yaşay olmasam şeʼrsiz,
Dil örtansa tunlari.
Jaranglasa ruhimda,
Sözning sirli kunlari.
Quloq soldim qalbimga,
Unda ajib sehr bor.
Şeʼriyat deb atalgan,
Mulkka ulkan mehr bor.
Bas,
Ezgu tuyğularga,
Sozlab könglim torini.
Tökavergum qoğozga,
Yuragimda borini.
Gulşoda Bahodirova,
28-maktab öquvçisi.
Uluğ şoirga öxşaş
Bobomiz mir Alişer,
Yozgan ekan köplab şeʼr.
Şeʼrlarin yod olaman,
Öqib qoyil qolaman.
Şoir tuğilgan sana,
Biz uçun zör tantana.
Şu kun ukam Alişer,
Tuğilgan kun – yozdim şeʼr.
Ziyoda BOLTABOYeVA,
38-maktab öquvçisi.
Sizdek şod yurayin
(Matbuot faxriysi, ustozim
Saʼdulla Xöjaniyozov 80 yoşga töldi).
Maktabda muallim ögitin tinglab,
Taʼlim xöb olganmiz tilloga tenglab.Sinfdagi tengqurlar öttiz öğil-qiz.
Ilm-u fan egasin ustoz deganmiz.
Mehribon ustozim, çiqmaysiz yoddan,
Qolganin olgaymiz turmuş, hayotdan.
Har qanday kemtikni butlaşda tağin,
Uşlarmiz qadrdon ustoz etagin.
Saʼdulla akamiz men bilgan ustoz,
Yuz emas, ming mardga teng kelgan ustoz.
Maqtansam, şogirdman sizga munosib,
Yetmişdan uç ötdim izingiz bosib.
Sizdek şod yurayin bundan keyin ham,
Siz yuzga yetişgan kundan keyin ham.
Men ham sakson yoşga yetgan mahali,
Qalbdagi havasim öçmaydi hali.
Jumaboy Hidoyatov,
"Jayxun ilhomlari" NNT aʼzosi.
Haq yöli
Nega yana u kunlarni esladim bugun,
Köngilda tuhmatdan qolgan bir tugun.
Umidlarim qanoti sinsa ham u kun,
Parvoz etib, osmonlarga yetarman,
Meni qiynaganni Alloh keçirsin.
Balki sinovlarga kelmaganda duç,
Yaşaş uçun topmasmidim kuç.
Ğanim otgan toşlar bugun böldi puç,
Bir kun dilda ğamim men unutarman,
Meni yiğlatganni Alloh keçirsin.
Odamning könglini biliş qiyin dam,
Bilinar falokat boşga tuşgan dam.
Baxtni balki taqdir yulib ketgan dam,
Baxt bölib ne köngillarga yetarman,
Meni siylaganni Alloh siylasin.
Bugun haq yöldan taşladim qadam,
Bu yöl oğirdir, bölaman bardam.
Yölda bordir, aççiq qöşiq ham,
Bir kun kelib, haq – öziga yetarman,
Meni tinglaganni Alloh tinglasin.
Oqquş bölib, bulutlarni öparman,
Yulduz bölib, fazolarni quçarman.
Armon bölib yuraklardan ketarman,
Qöşiq bölib köngillardan ötarman,
Meni qöllaganni Alloh qöllasin!
Nodira YaNGIBOYeVA,
Örta qalʼa ovuli.
Kimligimni bila boşladim...
Men şoira emasman, lek bilmam kimman,
Şoira böliş emas edi orzuim.
Çunki şeʼrlarimdan kimlardir kulsa,
Qalbim yiğlar edi, bildirmay yum-yum.
Bir kun şunday böldi, şeʼrimdan kuldi,
Qalamim sindirib, otdim uzoqqa.
"Endi şeʼr yozmayman, yozmayman aslo",
Deb hamma şeʼrimni soldim öçoqqa.
Şeʼrlarim yonardi, olovli gulxan,
Jonim açisa-da turardim çidab.
Xuddi şeʼrlar menga "qutqargin", deya
Yalinar edilar, faryod-la dodlab.
Ilhom kelardi, quyunday gohi,
Daraxtga, gullarga qaraganimda.
Oyga boqsam, körardim ajib bir yoğdu,
Samoga tunlari köz tikkanimda.
Ayb menda emas-ku, men şunday bölsam,
Men ham oyni oyday körgim keladi.
Şoira böliş emas edi orzuim,
Men ham oddiy inson bölgim keladi.
Ilhom kelaverdi, lek şeʼr yozmadim,
Kunlar ötdi, ötdi yillar, çidadim.
Yer-osmon tikildi, termulib menga,
Men esa ularga parvo qilmadim.
Ilhom kelaverdi, yurak qiynaldi,
Afsus, buni körib, çiday olmadim.
Nima bölsa bölar, endi farqi yöq.
Qaytadan men şeʼrlar yoza boşladim.
Men kim ekanligim bila boşladim.
Feruza Aminboyeva.
Mehmon keldi
Mehmon keldi, xuş keldi,
Köngillarga nur indi.
Buvimlarning köngliga,
Bir olam quvonç keldi.
Mehmonlarning çehrasi,
Yorişdi misli quyoş.
Xuşxandon onajonim,
Pişirib keltirdi oş.
Oldda tökin dasturxon
Suhbat qurdik biz şodon...
Marjona ABDULLAYeVA,
33-sonli maktabning 6-sinf öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶