01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 14:01
Jamiyat 👁 363

AHOLIGA POChTA ALOQA XIZMATI KOʻRSATISh YaXShILANMOQDA

AHOLIGA POChTA ALOQA XIZMATI KOʻRSATISh YaXShILANMOQDA

Pochta-aloqasi tizimi bugungi kunda mamlakat hududlarida xat va pochta joʻnatmalari bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha oʻz infratuzilmasiga ega boʻlgan muhim soha hisoblanadi.

«Oʻzbekiston pochtasi» aktsiyadorlik jamiyati mamlakatimizning pochta-aloqasi milliy operatori sifatida respublika miqyosida 2 mingga yaqin pochta-aloqasi obʼektiga ega boʻlib, barcha aholi punktlarini qamrab olgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prizidentining «Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 14-dekabrdagi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida «Oʻzbekiston pochtasi» aktsiyadorlik jamiyatining 2021-yil 6-yanvardagi 6-sonli buyrugʻi asosida Amudaryo tumani Pochta aloqa tarmogʻi tomonidan keng qoʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda muassasada 26 nafar mutaxassis va texnik xodimlari tuman aholisiga pochta-aloqa xizmatini koʻrsatib kelmoqda.

Ayni paytda Amudaryo tuman Pochta aloqa tarmogʻiga qarashli shahar markazida 3 ta joyda hamda tumanning turli ovullarida, xususan Oʻrta qalʼa, Kuyuk koʻpir, Xitoy, Bobur nomli, Choykoʻl, Toʻlqin, Doʻrman, Qilichboy, Nazarxon ovullaridagi boʻlimlarda aholiga pochta-aloqa xizmatlari koʻrsatilmoqda.

Ushbu boʻlimlar tomonidan barcha turdagi toʻlovlar, jumladan kommunal toʻlovlar, jarimalar, aliment toʻlovlari hamda Davlat xizmatlari markazi tomonidan koʻrsatilayotgan 33 ta xizmat turi boʻyicha toʻlovlarni qabul qilish yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, bank plastik kartalarini toʻldirish va pul mablagʻlarini yechish kabi xizmatlar ham amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagi Prezident Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida sohada elektron tijorat bozoridagi faoliyatni rivojlantirish boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va mijozlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi elektron savdo maydonchasi axborot tizimini yaratish hamda logistika markazlarini tashkil etish, tovarlarni saqlash va yetkazib berishni oʻz ichiga olgan xizmatlarni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha onlayn savdo maydonchasi tashkil qilindi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, yaqin vaqt ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasida uchta – Qoraoʻzak, Amudaryo va Qoʻngʻirot tumanlarining Pochta aloqa tarmogʻi binolari zamonaviy koʻrinishda qayta rekonstruktsiya qilinishi koʻzda tutilgan.

Amudaryo tuman Pochta aloqa tarmogʻi binosi va 7 ta aloqa boʻlimlari binolarini davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy koʻrinishda qayta qurish boʻyicha davlat dasturiga kiritilgan boʻlib, ushbu ishlar baajrilishi boʻyicha barcha tegishli hujjatlar tayyorlanib, amaliy-tashkiliy ishlar boshlab yuborildi.

Qolaversa, mazkur 3 ta tumanlardagi Pochta aloqasi korxonalarini transformatsiya qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq tumanimizning Qilichboy, Mangʻit, Zarbdor aloqa boʻlimlari binolarida davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida yangidan qurish va taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, Mangʻit, Choykoʻl, Toʻlqin, Nazarxon, Zarbdor, Kuyukkoʻpir, Xitoy, Qilichboy, Oʻrta qalʼa, Doʻrman Pochta aloqa boʻlimlari binoslarini taʼmirlab, zamonaviy koʻrinishga keltirish ham koʻzda tutilgan.

Hozirda Choykoʻl va Nazarxon Pochta aloqa boʻlimlari binolarini davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida yangidan qurish boʻyicha tashabbuskorlarni aniqlash ishlari olib borilmoqda. Xitoy, Toʻlqin aloqa boʻlimlari binolari esa hozirgi kunda tuman hokimligi tomonidan ajratilgan mablagʻ hisobiga zamonaviy koʻrinishga keltirilib, ishga tushirildi.

Amudaryo tuman Pochta aloqa tarmogʻi tomonidan 2021-2022-yillar davomida gibrid pochta xizmati ham yoʻlga qoʻyilib, barcha turdagi davlat organlari va korxonalari tomonidan avtomat tarzda gibrid shartnomasi asosida xatlarni joʻnatish ishlari tezkor va sifatli amalga oshirilmoqda.

Oʻz vaqtida va sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida Amudaryo tuman Pochta aloqa tarmogʻiga qarashli aloqa boʻlimlari pochtalonlari uchun 8 ta velosiped, 2ta skuter ajratilib, Pochta aloqa operatorlari 11 dona onlayn kassa apparatlari bilan taʼminlangan.

Xulosa qilib aytganda, xalqimizga zamon talablari asosida pochta-aloqa xizmatlari koʻrsatish, elektron tijorat bozoridagi faoliyatni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va mijozlarga yetkazib beruvchi elektron savdo maydonchasi axborot tizimini yaratish hamda logistika markazlarini tashkil etish, tovarlarni saqlash va yetkazib berishni oʻz ichiga olgan xizmatlarni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha onlayn savdo maydonchasini tashkil etish hamda xalqimizga qulayliklar yaratish – Amudaryo tuman Pochta aloqa tarmogʻi xodimlarining bosh maqsadidir.

Sh.Gaipov, Amudaryo tuman Pochta aloqa tarmogʻi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026