01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 15:19
Jamiyat 👁 375

Iqtidorli ayol-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Iqtidorli ayol-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Dunyoda davlat va jamiyatning nufuzi, ongu tafakkuri, madaniy darajasini koʻrsatadigan mezonlar koʻp. Lekin, har qaysi millat va xalqning maʼnaviy kamolotini belgilovchi, taʼlim-tarbiyasini takomillashtiruvchi bu — ayoldir.

Bugun xotin-qizlarimizning qadami tegmagan joy, ular egallamagan soha qolmadi hisob. Ular oʻqituvchilik, xususiy tadbirkorlik, fermerlik, harbiylik, umuman, ijtimoiy sohadan tortib, iqtisodiyot, sanoat, davlat va jamiyat qurilishi sohasida faollik koʻrsatmoqdalar.

Yaqinda Amudaryo tumanining Boyovul mahallasi hududida joylashgan 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida adabiyot, fan, taʼlim, hunarmandchilik sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan iqtidorli va faol ayol-qizlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Doʻstlik” ordeni sohibi, Oʻzbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimi rahbari Gavharjon Ibodullayeva, “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti” sohibasi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi bosh mutaxassisi Guljamol Asqarova, “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti” sohibasi Feruza Xayrullayeva, shoira Sadoqat Karimova, jurnalist Maxfira Karimova hamda tumanning iqtidorli ayol-qizlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv rasmiyatchilikdan holi ochiq va samimiy ruhda boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida mehmonlar tumanning iqtidorli shoira qizlari tomonidan bitilgan goʻzal sherlarni tinglab, shoiralarning ijod namunalariga oʻz munosabatlarini bildirdilar.

Yosh shoiralar, maqomchi qizlar ustozlari tomonidan bildirilgan iliq fikrlardan mamnun boʻlib, ijod namunalarini yanada rivojlantirsh borasida berilgan takliflarni eʼtiborga olib, oʻz minnatdorligini bildirib oʻtishdi.

Shundan soʻng, mehmonlar tuman hokimi oʻrinbosari Goʻzal Soburova hamrohligida Yangiobod mahallasining Hamid Olimjon koʻchasida istiqomat qiluvchi Adilboy Sherniyazov hamda Gulsara Norimovalarning xonadonlarida boʻlishdi.

 Xonadon egalari mehmonlarni iliq kutib olishdi. 5 nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan, ularni turli kasblarda oʻqitib, uyli-joyli qilgan Gulsara opa bugun keksalik gashtini surmoqda.

Ushbu oila hamisha oʻzlarining boy hayotiy tajribasi hamda ahil-inoqligi bilan mahallasidagi yosh oilalarga oʻrnak boʻlib keladi.

Mehmonlar shunday ibratli oilalardan yana biri − 7 nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan Gulnihol Jumaboyevaning ham xonadonida boʻlishdi.

Xonadon egalari mamlakatimizda ayol-qizlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida oʻzlarining samimiy va iliq fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.

 Shundan soʻng, mehmonlar mahallaning faol ayollaridan biri, yosh oilalarga oʻzining hayotiy saboqlari, oʻgit va nasihatlari bilan ibrat boʻlib kelayotgan Norgul Oʻrozbayevaning xonadoniga tashrif buyurdilar. Mehmonlar onaxondan 5 nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazishda, kelinlar bilan munosabatda nimalarga eʼtibor bergani toʻgʻrisida hayotiy saboqlarini tingladilar.

Shu oʻrinda aytish kerakki, jamiyatimizda xotin-qizlarga boʻlgan munosabat, hurmat-ehtiromni davlatning ularga boʻladigan munosabatidan yaqqol koʻrish mumkin. Shu nuqtai nazardan qaralsa, ayollarni ulugʻlab, ardoqlab, boshiga koʻtarib yashaydigan xalq oʻzining yuksak madaniyati va olijanob qadriyatlarini amalda namoyon qiladigan millat sifatida hurmat qozonadi.

Muhtaram Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, ayol-qizlarning barcha sohadagi samarali mehnatini, farzandlar tarbiyasi, oila hayotidagi ulkan xizmatlarini Oʻzbekistonimiz erishayotgan yutuqlardagi beqiyos hissasini hech narsa bilan oʻlchab, baholab boʻlmaydi.

Ayolning jamiyatimizda tutgan oʻrni — bebaho! Zero, Ayolga munosabatda millat, ertangi kun va kelajak avlodga boʻlgan hurmat yaqqol namoyon boʻladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026