01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 14:55
Jamiyat 👁 145

KELAJAK TAQDIRI OʻQITUVChILAR QOʻLIDA

KELAJAK TAQDIRI OʻQITUVChILAR QOʻLIDA

Bugungi kunda dunyoda kechayotgan globallashuv jarayoni, zamonaviy texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi xalqimizning, xususan, yoshlarning xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan talabi va extiyoji ortishiga sabab boʻlmoqda. Zamon bilan hamnafas qadam tashlash bu - davr talabi. Shunday ekan, bugungi kundagi taʼlim sohasida xizmat qilayotgan murabbiylarimiz, oʻqituvchilarimiz zimmasida katta masʼuliyat turibdi. Zotan, kelajakning taqdiri oʻqituvchilar qoʻlidadir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi «Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida»gi Qarori xorijiy tillar oʻqituvchilari zimmasiga yanada yuksak masʼuliyat yukladi. Chunki, maktab rivojlansa, oliy taʼlimga yuqori saviyaga ega oʻgʻil-qizlarimiz keladi. Bu mamlakat soha va tarmoqlari uchun yetuk kadrlar degani.
Maktab taʼlimini har jihatdan rivojlantirish, bugungi kungi talab asosida takomillashtirish, oʻquv metodikasi va malakali kadrlar taʼminotini tashkil etish borasida barcha hududlarda, shu jumladan Amudaryo tumanida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda, fanlar olimpiadalari, koʻrik-tanlovlar, seminarlar, uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi 562-sonli Qarori ijrosini taʼminlash, maktablarda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini tahlil qilish hamda maktablar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining oʻtkazilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur tanlovda 40-sonli maktab terma jamoasi tuman miqyosida gʻolib, deb topilib, tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faol ishtirok etdilar.
Shuningdek, xorijiy tillar boʻyicha oʻquvchilarga sifatli taʼlim berayotgan oʻqituvchilarni aniqlash va ragʻbatlantirish maqsadida umumtaʼlim maktablarining chet tili fani oʻqituvchilari orasida “Eng yaxshi chet tili fani oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovi ham tashkil etilib, unda 30-sonli maktab  oʻqituvchisi Farida Shamsutdinova ingliz tili fani boʻyicha,  21-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi Muqaddam Qurbonbayeva nemis tili fani boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar va tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faol ishtirok etish baxtiga muyassar boʻldilar.
Bundan tashqari, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ingliz tilini bilish, Yevropa ittifoqi talablari darajasiga muvofiq ingliz tilini oʻzlashtirgan oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinf oʻquvchilari orasida tumanda birinchi marta ingliz tilidan “Aqlli bolalar” (Smart kids) olimpiadasi oʻtkazildi. Olimpiadada  48-sonli maktabning 4-sinf oʻquvchisi Ogʻabek Bozorbayev yuqori ball toʻplab, gʻolib deb topildi va olimpiadaning Qoraqalpogʻiston respublikasi bosqichida ham birinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.
Bugungi kunda tumanimizning umumtaʼlim maktablarida 296 nafar xorijiy til oʻqituvchilari faoliyat olib borishmoqda, hozirgi kunda shundan 16 nafari oliy, 51 nafari birinchi,  109 nafari ikkinchi toifali oʻqituvchilardir. Ular oʻzlarining sermaxsul mehnatlari bilan ish faoliyatlarida katta natijalarga erishmoqdalar.
Ayni paytda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish va malaka darajasi boʻyicha maʼlumotnomaga ega oʻqituvchilarimiz 36 nafar, B2 sertifikati egalari 19 nafarni, S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilarimiz 25 nafarni tashkil etadi.
Biz dunyoga chiqishimiz, dunyo bilan muloqotda boʻlishimiz uchun xorijiy tillarning ahamiyati katta. Yoshlarimiz qanchalik darajada koʻp til oʻrganishsa, ular oldida imkoniyatlar eshigi shunchalik keng ochiladi.  Tumanimizda xorijiy tillar boʻyicha oʻquvchilarga sifatli taʼlim berayotgan ilgʻor, tashabbuskor, fidoyi ustozlarimizdan 16-sonli maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi Mavluda Niyazova, 40-sonli maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi “Vatan fidoyisi” koʻkrak nishoni sohibi Nurbek Jumaniyazovlarning pedagogik faoliyatlari tahsinga loyiq. Nurbek Jumaniyozov oʻz faoliyati davomida koʻplab shogirdlar yetishtirdi. Uning 16 nafar oʻquvchisi ingliz tilidan milliy va unga tenglashtirilgan Xalqaro darajadagi sertifikatga ega boʻldilar.
Amudaryo tumani XTBga qarashli umumtaʼlim maktablarida taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibor natijasida yanada yuqori koʻrsatkichlarga erishish imkoniyati mavjud va biz albatta buni uddalaymiz. Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek  najot taʼlimda, najot bilimda, najot tarbiyada!

Muhayyo ORTIQBOYeVA,
Amudaryo tuman XTB xorijiy tillar metodisti.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026