01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 13:32
Jamiyat 👁 353

ISTIQLOL BERGAN IMKONIYaTLAR MENING FAOLIYaTIMGA KENG YOʻL OChDI

ISTIQLOL BERGAN IMKONIYaTLAR  MENING FAOLIYaTIMGA KENG YOʻL OChDI

Jannatmakon Oʻzbekistonimizda inson qadr-qimmati ulugʻ va aziz. Ayniqsa, istiqlol bergan imkoniyatlar cheksiz. Bu dorilomon kunlarga qancha shukrona aytsak ham kam. 

Oʻz hayotim misolida aytishim mumkinki, istiqlolimiz barcha qatori tadbirkorlar uchun ham juda keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Mustaqillik bergan barcha imkoniyatlardan samarali foydalangan yurtdoshlarimiz qatori biz ham oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻydik. Avvaldan shunga yaqin faoliyat bilan shugʻullanib kelayotganimiz sababli biz tadbirkorlikni aholining maʼnaviyatini oshirishda juda kerakli boʻlgan kitob va turli qoʻllanmalar, gazeta va jurnallar, oʻquv va koʻrgazmali qurollar kabilar savdosidan boshladik.

Dastlab tumanda “Qoraqalpoqkitobsavdotaʼminot” boshqaruviga qarashli kitob doʻkonini tashkil qildim. Kitoblar turini koʻpaytirish maqsadida “Oʻzkitobsavdotaʼminot” boshqaruvi bilan ham hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, turli janrlardagi kitoblar va aholi ehtiyojiga koʻra oʻquv qurollari savdosini  yoʻlga qoʻydim. Shuningdek, oʻtgan asrning 90-yillarida tumanda “Matbuot uyushmasi” MChJga raislik qildim. Oʻtgan davrlarda ish faoliyatim davomida oʻzim orasida boʻlganim: gazeta va jurnallar, turli kitoblardan maʼnaviy ozuqa olardim. Bundan esa boshqalarni ham bahramand qilishni istardim. Shu sababli kitob va bosma mahsulotlari savdosi yoʻnalishida tashkil etgan faoliyatimizni kengaytirib, doʻkonlar sonini koʻpaytirdik. Oʻzlariga kerakli kitoblar va boshqa bosma mahsulotlarni xarid qilayotgan tumanimiz aholisi ham bundan juda mamnun.

Mustaqillik yillaridan to hozirgi kunlargacha tadbirkor davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Bu borada qabul qilinayotgan davlat rahbari va hukumat qarorlari, berilayotgan imtiyozlardan foydalanayotgan tadbirkorlar qatori biz ham elimizga, davlatimizga va oilamizga naf keltirishga harakat qilmoqdamiz.

Mazkur yilda faoliyatimizni yanada kengaytirib, yurtdoshlarimizning hordiq chiqarishlari uchun Vaxum aholi punkti hududida “Ozodboy Amirxon” MChJga qarashli “Arena” koʻngilochar maskanini tashkil qildik. Yoz mavsumi boshidan buyon tashrif buyurganlar bu yerda tennis, bilyard, kompyuter oʻyinlari bilan band boʻlib, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishmoqda, turli chiroqlar bilan bezatilgan joylarimizda oʻtirib, xushxoʻr muzqaymoqlarimizdan bahramand boʻlishmoqda. Shuningdek, hudud aholisi tozalangan suv, kitob doʻkoni va binoda joylashgan Agrobankning tuman filiali tomonidan tashkil etilgan kassa xizmatlaridan foydalanishmoqda.

Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, istiqlol bergan imkoniyatlar tufayli turmushimiz yanada farovon boʻldi. Davlatimiz rahbarining soʻnggi yillardagi biz tadbirkorlarga qilayotgan gʻamxoʻrliklaridan ilhomlanib, faoliyatimizni yanada kengaytirish niyatidamiz. Nasib qilsa, zamonaviy koʻrinishdagi bino qurib, yangidan kitob va bosma mahsulotlari savdosi doʻkonini tashkil qilish harakatidamiz.

Mustaqillik bayrami barchamizga muborak boʻlsin. Bunday goʻzal bayramlarimiz, odamlarimizdagi koʻtarinki kayfiyat, eng avvalo, yurtimizdagi osoyishtalik bilan chambarchas bogʻliq. Shuning uchun obod va ozod Vatanimizda tinchlik barqaror boʻlishini tilab qolaman.

Ozod Davletov, tadbirkor.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026