30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 11:59
Jamiyat 👁 3,890

BUZGʻUNChI GʻOYaLAR: ULAR YuRTIMIZGA QANDAY KIRIB KELMOQDA?

BUZGʻUNChI GʻOYaLAR: ULAR YuRTIMIZGA QANDAY KIRIB KELMOQDA?

"Sotka” keltirgan fojia

Baʼzan katta-kichik davralarda yoshlar tarbiyasi haqida gap ketganda koʻpchilik:

Hozirgi yoshlarni "sotka” – uyali telefon "quloqsiz” qilib qoʻymoqda, desa, yana bir toifa odamlar internet tizimidagi son-sanoqsiz saytlarning taʼsiri katta ekanligini kuyunib taʼkidlashadi.

Oʻtgan asrning 90-yillarida bir hamkasbimiz uyali aloqa vositalarini "butun olamning darakchisi”, deb taʼriflagani ham bejizga emas. Dunyoning u cheti bilan bu chetiga atigi bir necha soniya ichida aloqaga chiqib, oʻziga zarur xabar yoki axborotni olish imkonini beruvchi internet tarmogʻi va uyali aloqa vositalari odamlar uchun shunchalik qulay imkoniyatlar yaratayotgan ekan, nega ular haqida yuqoridagi kabi salbiy fikrlar bildirilyapti?Nega oʻgʻlining yoki qizining oʻta bilimdon boʻlishini, texnika asriga monand bilim olishini istab, kompyuter sovgʻa qilgan ota-ona oʻz farzandining oʻz uyida oʻtirib ongi buzilayotganidan noliyapti? Xoʻsh, bunga sabab nima?

Sabab? Sabablar bisyor, azizlar. Yaxshisi, "butun olamning darakchisi” boʻlgan oddiygina qoʻl telefoni keltirgan katta bir fojiani koʻraylik-da, xulosa chiqaraylik.

Bundan bir necha yil oldin taniqli jurnalist Rustam Jabborovning "Sotka”ning orqa tomoni” maqolasi ("Qishloq hayoti” gazetasining ilova nashri "Hayot”, 2008 yil, 23-son)da juda dolzarb muammo koʻtarildi. Yaʼni, hali oʻsmir yoshdagi maktab oʻquvchilari oʻz tengqur maktabdosh qizni guruh boʻlib zoʻrlashadi va buni uyali telefonda videotasvirga tushirib, chor-atrofga tarqatishadi, internet tarmogʻiga oʻtkazib yuborishadi. Sharmandalikni koʻtara olmagan begunoh norasida qiz oʻz joniga qasd qiladi. Bunday holatdan jahondagi koʻplab mamlakatlarda yashovchi ota-onalar gʻazablanishadi. Oqibatda Shri Lanka hukumati Parlamenti yoshlarning uyali telefon ishlatishini taʼqiqlash toʻgʻrisida qaror chiqargani haqida fikr yuritib, oʻzimizda ham shunga oʻxshash holatlarning yuz bermasligi uchun yoshlarning qoʻl telefoni va internet tarmogʻidan foydalanishlarini qatʼiy nazorat qilib borish zarurligini taʼkidlaydi.

Internetdagi buzgʻunchi axborotlar egasi kimlar?

Darvoqe, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar, olib borilayotgan islohotlarning chiroyli natijalarini koʻrolmagan gʻanimlar oʻzlarining buzgʻunchi gʻoyalarini, gʻarazli niyatlarini amalga oshirishda aynan ana shunday elektron xotirali vositalardan foydalangan holda millatimiz yoshlarining ongini zaharlashga intilayotgani sir emas. Chunki bundan 10-yil avval terrorizmni targʻib qiluvchi oʻzbek tilidagi internet resurslar soni 20 tani tashkil etgan boʻlsa, hozirgi vaqtga kelib ularning soni 7000 taga yetgan.

Oʻzbekiston telekanali orqali efirga berilgan maxsus koʻrsatuvda qayd etilishicha: "internetdagi maʼlumotlarning 86 foizini axloqiy buzuqlik va zoʻrovonlik ruhidagi axborotlar tashkil etadi. Shundan 23 foizini diniy ekstremizm, 30 foizini esa behayolikni targʻib qiluvchi axborotlar egallagan”.

Agar Oʻzbekiston telekanali orqali eʼlon qilingan "Internetga in qurgan "oʻrgimchaklar” koʻrsatuvini tomosha qilgan boʻlsangiz, unda shunday maʼlumotlarga urgʻu beriladi: "Al Qoida xalqaro terrorchilik harakati oʻz targʻibotining 99 foizini internet orqali olib boradi. Internetdagi maʼlumotlarning 14 foizigina foydali, xolos”.

Vaholanki, "Al Qoida”, "Hizbut tahrir”, "Akromiylar”, "Tabligʻchilar”, "Nurchilar” kabi diniy ekstremistik va terrorchilik harakati aʼzolari din niqobi ostida diniy maʼrifiy mazmunlari buzilgan elektron adabiyotlar, turli axborotlar jamlangan audio, video tasmalar, DVD va CD disklari bilan gʻoyaviy qurollangan holatda yurtimizga yashirin yoʻllar orqali kirib kelib, maʼnaviy tahdidlar qilayotgani hech kimga sir emas.

Xoʻsh, bunday maʼnaviy tahdid kuchlari kimlar oʻzi?

Ming afsuslar boʻlsinki, ular oʻzimiz bilan yonma-yon yashayotgan oʻz millatdoshlarimiz, toʻgʻri yoʻldan adashgan gumrohlardir.

Bugungi kunda bunday gumroh kimsalarni siyosatshunoslar 3 toifaga boʻlishadi va bu xususda "Internetga in qurgan "oʻrgimchaklar” koʻrsatuvida atroflicha fikr yuritiladi:

Birinchi toifa – shunchaki dinga qiziquvchikishilardir. Ular chet elda, koʻcha-koʻyda uchragan diniy adabiyotlarni, elektron materiallarni sotib olib kelib, tanish-bilishlariga tarqatgan kishilar.

Ikkinchi toifa – diniy ekstremistik oqimlarga aʼzo emas, lekin niyati buzuq kimsalarning taʼsiriga tushib, ongi zaharlanayotgan arosatdagi odamlar. Bunday kimsalar oʻzlari doʻst deb bilgan kishilarning xizmatini qilib, kompyuter xotirasini buzgʻunchi materiallarga toʻldirib, oqibatini oʻylamasdan ish qiluvchilar.

Uchinchi toifa – chet elda oʻqib va ishlab yurib eʼtiqodidan adashib, ekstremistik oqimlarga qoʻshilgan kimsalardir.

Tahdidlar, fitna va fasod uygʻotuvchilar

Bunday kimsalar buzgʻunchi gʻoyalar bilan jamiyat uchun oʻta zararli ishlarni amalga oshiradilar. Ular xorijdagi rahnamolarining koʻrsatmalari boʻyicha turli mazmundagi elektron adabiyotlar, har xil disklarni yurtimizga olib kelib, xalqimizni ichdan buzishga intiladilar. Oʻz gʻarazli maqsadlarini amalga oshirish uchun avvalo ular ichki tahdid kuchlaridan foydalanadilar. Odamlar orasida bir-biriga ishonchsizlik, parokandalik, loqaydlik paydo qiladilar. Bir-biriga loqayd, beparvo odamlar oʻz oilasida yuz berayotgan koʻngilsizliklarni ham payqashdan yiroq, oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlib qolishadi. Har kim oʻzi bilan oʻzi ovora yashashi bu – yovvoyilikdirki, bunday kimsalar yovvoyi, bir-biri bilan ishi yoʻq jamiyat yaratadilar. Ichki tahdid kuchlari aynan ana shunday - bir-biri bilan ishi yoʻq odamlardan foydalanadilar. Buzgʻunchi gʻoyalar bilan toʻldirib tashlangan har xil elektron adabiyotlar va turli disklarni aynan shunday loqaydlarga tarqatadilar. Oʻzbekistonni demokratik maʼrifiy taraqqiyot yoʻlidan ogʻdirishga intiladilar. Din niqobiga burkalgan aqidaparast tashqi tahdid kuchlari chetdan turib yuqoridagi kabi loqayd, oʻziga va oʻz Vataniga ishonchsiz kimsalar qoʻli bilan gʻarazli niyatlari tomon harakat qiladilar.

"Internetga in qurgan "oʻrgimchaklar” telekoʻrsatuvida xorazmlik bir yigit oʻzi bilmagan va oqibatini oʻylamagan holda dahshatli jangarilik filmlari yozilgan elektron manbalarni koʻpaytirib, tarqatganligi, oqibatda individual terrorizm sari qaltis qadam qoʻyishiga bir bahya qolgani haqida soʻz boradi. Axir bu holat tinch-osoyishta yashayotgan xalq yuragiga gʻulgʻula solish, fitna, fasod uygʻotish emasmi? Millionlab hamyurtlarimiz oldida oʻz qilmishi uchun kechirim soʻrab, alp qomati egilib, koʻzidan yosh toʻkayotgan bu yigitning qilmishi qaysi qotillikdan kam? Axir u tarqatgan fitna, igʻvo va boʻhtondan iborat elektron manbalar necha yuzlab pok niyatli insonlar qalbiga qoʻrquv solib, vahima uygʻotmaydimi?

Elektron manbalarni koʻpaytirib, tarqatgan, bundan daromad topayotgan oʻsha xorazmlik yigitga oʻxshagan yoshlar afsuski oramizda bor. Bundaylar haromdan hazar qilmay, "kim qancha disk olarkan?”, degan taʼma bilan yashab, botillik, gʻofillik botqogʻiga botgan, xalq laʼnatiga giriftor boʻlguvchi kimsalardir. Shu bois, har bir voqea-hodisaga, oʻgʻil-qizga, qoʻni- qoʻshni, mahalla-koʻy hayotiga uygʻoq koʻz bilan boqaylik, azizlar. Zero, uygʻoqlik - ogohlikdir.

Muqaddas dinimizga yangilik kiritishga hech kimning haqqi yoʻq!

Oʻz oʻzidan shunday savol tugʻilishi tabiiy:

Diniy ekstremistik oqimlarning tarafdorlari ham dindor odamlar boʻlishsa, nima uchun buzgʻunchi mafkurani oʻzlariga qurol qilib olishgan? Nima, dinimizda musulmonlar uchun ziyon keltiradigan ishlarga ham yoʻl bormi? Yoʻq, azizlar, diniy aqidaparast kimsalar oʻzlarini dindor hisoblashlari mumkin, lekin ularning tinch-osoyishta xalqlar boshiga solayotgan maʼnaviy va moddiy kulfatlari behisob. Ularning buzgʻunchi mafkurani oʻzlariga qurol qilib olganlarining sababi ham juda oddiy - dunyoga egalik qilish. Haqiqiy musulmonlar Rasulloh (s.a.v)ning: "Sizlar mening va xulofalarimning yoʻlini tutib,uni oziq tishlaringiz bilan tishlagandek mahkam ushlanglar. Dinga yangiliklar kiritishdan saqlaninglar, albatta, har qanday bidʼat zalolatdir”,deya marhamat qilganlarini juda yaxshi biladilar, bilib turib diniy savodsiz, loqayd kimsalarni yoʻldan uradilar. Vaholanki, Qurʼoni Karimda: "Hammangiz Allohning arkoni (Qurʼon)ni mahkam tuting va firqalarga boʻlinmang” ("Oli Imron”surasi, 103-oyat) deya taʼlim berilgan. Haqiqiy musulmon boʻlishlikning mezoni esa yaxshi amallar, yaxshi tarbiya, yaxshi taʼlim va ota-ona rizosiga erishishdir.

Ammo bugungi kunda baʼzi diniy bilimsiz kishilar biri bilib (bundaylar moddiy ehtiyojini qondirish uchun), biri bilmay, gumrohlarga, aqidaparast kimsalar qoʻlidagi qoʻgʻirchoqqa aylanib qolishmoqda. Mehnatdan – ziynat, ilmdan – hikmat axtarish oʻrniga xorijdagi rahnamolari taklif etgan moddiy boylik evaziga oʻz xalqiga, ona Vataniga xiyonat qilishgacha borib yetishmoqda. "Alloh buyurgan”, desa rahnamolarining tovonini yalab, oʻzini oʻzi portlatishgacha borib yetayotgan bunday kimsalar haqiqiy islom dini eng maʼrifatparvar, eng insonparvar din ekanligini, inson tugul tabiatdagi barcha moddiy va nomoddiy narsalarga ziyon yetkazish – qotillik bilan baravarligini anglashdan ojiz, manqurtga aylangan inson qiyofasidagi yovuzlardir.

Muqaddas dinimizni pok saqlash haqiqiy musulmonlik ziynatidirki, uning dasturi ezgulik, mardlik, qanoat, fasohat kabi goʻzal axloqiy qoidalardan iborat. Mohiyatida esa islomiy kamolot yoʻli, pokiza ruh, goʻzal axloq tarannum etiladi. Demak, biz oʻzimizni, oilamiz va farzandlarimizni internetdagi ijtimoiy tarmoqlarga in qurgan "oʻrgimchak toʻri”dan, mafkuraviy xurujlar va maʼnaviy tahdidlardan omon saqlashimiz uchun haqiqiy islomiy adabiyotlarga oshno boʻlmogʻimiz joiz. Ana shunda turli zararli oqimlar, haqiqiy tasavvuf olamiga zid buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan eng avvalo ongimizni, erkimizni himoya qilgan boʻlamiz.

Tasavvuf - qalbni poklashdir

Demak, biz oʻz diniy bilimimizni oshirish uchun diniy ekstremistik va terrorchi tashkilotlarning elektron va internet tarmoqlardagi 40 mingdan ziyod saytlariga kirib oʻtirishimizga aslo hojat yoʻq. Chunki bunday saytlardagi diniy maʼlumotlarning 99 foizi buzgʻunchi gʻoyalar bilan toʻldirib tashlangan. Vaholanki, amalda biz tariqat deb atayotganimiz Tasavvuf lotincha Sophiya – hikmat maʼnosini anglatib, arabcha safo – poklik soʻzidan kelib chiqqan va qalbni poklash maʼnosini anglatadi. Modomiki, har bir musulmon qalbini poklash niyatida Allohga yaqin boʻlmoq orzusida ekan, niyati xolislik ila qayta- qayta taʼkidlaymanki, imom Abu Ishoh Shobitiy hazratlarining: "tasavvuf – har bir yaxshi axloq ila xulqlanish va har bir yomon xulqdan cheklanish”, degan hikmatiga amal qilmogʻi, oʻz hayotini goʻzal va fayzli ishlar, ona Vatan ravnaqi, ota-ona rizosi yoʻliga baxsh etmogʻi lozim.

Loqayd, beparvo, oʻzi bilan oʻzi ovora yovvoyi insonlarga, buzgʻunchi kuchlar qoʻlidagi qoʻgʻirchoqqa aylanib qolmaslik, oilamiz va farzandlarimiz va demakki (!) Ona Yurt kelajagi uchun har lahza ogoh boʻlmogʻimiz kerak. Salgina aytilgan notoʻgʻri fikr, salgina qoʻyilgan qaltis bir qadam – nainki mafkura maydonidagi maʼnaviy-maʼrifiy qiyofamizga, balki xalqimizning maʼnaviy ildizlariga zarar yetkazishi tabiiy. Chunki bundan 912-yillar avval Innokentiy ismli shaxs tomonidan "maʼnaviy qilichbozlik maydoni” deb taʼrif berilgan mafkuraviy kurash maydoni shafqatsiz. Bu kurash maydonida ilmda, maʼrifatda, maʼnaviyatda qudratlilar hamisha gʻolibdir. Shu bois, yoshlarimizni maʼnan va jismonan qudratli insonlar qilib tarbiyalashda ularni eng avvalo yot mafkura xurujlari va taʼsirlaridan asrashimiz, maʼnaviy qilichlari metin va keskir bahodirlar darajasida kamol toptirishimiz shart.

Robiya YOʻLDOShEVA, jurnalist.

Foto: http://zakovat.uz


🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026