01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 12:49
Jamiyat 👁 346

FIDOYI MEHNATLAR EʼTIROFI

FIDOYI MEHNATLAR EʼTIROFI

Ustoz! Bu soʻzni eshitganda kim, necha yoshda, qanday mavqeda boʻlsa-da, koʻnglida iliq tuygʻular uygʻonadi. Taʼlim berib, oʻqish-yozishni oʻrgatgan, fan asoslarini ongiga muhrlagan insonlarni – muallimlarini eslaydi.

Ha, har birimiz butun salohiyatini, aql-idrokini, bilimi-yu qalb qoʻrini bizga baxshida etgan insonlarni doimo hurmat-eʼtibor bilan tilga olamiz, yaxshi kunlarda yoʻqlab, duolarini olishga intilamiz.

Mangʻit shahridagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori, Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi Yoʻldoshboy Abdalov ham oʻzining oʻqituvchilik faoliyati davomida ana shunday hurmat-eʼzozga sazovor boʻlgan insonlardan biri.

U 1980-yilda Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika oliygohini musiqa fani oʻqituvchisi ixtisosligi boʻyicha tamomlab, 30-sonli maktabda faoliyatini boshladi. Oʻn yil davomida oʻquvchilarga sanʼat va musiqadan taʼlim berdi.

Maʼlum vaqt tuman Xalq taʼlimi boʻlimida uslubchi, 8-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida musiqa oʻqituvchisi va maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari boʻldi.

Mana, 2018-yildan beri Mangʻit shahridagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga rahbarlik qilayapti. Avvalo oʻzining musiqa va sanʼatni sevishi, bu borada oʻz bilimlarini oʻquvchi-yoshlarga chuqur oʻrgatishga boʻlgan intilishi tufayli oʻtgan yillar mobaynida iqtidorli shogirdlarni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Fidoyi musiqa muallimi mana besh yildirki, tumanda yosh avlodning har tomonlama yetuk boʻlib voyaga yetishi, ularning ijodiy-musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, qalbidagi musiqa va sanʼatga ixlosni tarbiyalashga xizmat qiladigan muassasaga mohirlik bilan rahbarlik qilib kelayapti. Uning ustoz-murabbiylarga, oʻquvchilarga talabchanligi, kasbiga fidoyiligi muassasada koʻpgina quvonarli yutuqlar qoʻlga kiritilishiga asos boʻlayotir. Maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari tumanimizda oʻtkazilayotgan turli bayram tantanalarida teran mazmunli teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etishib, koʻpchilikning eʼtiborini qozonayotir. Shuningdek, turli koʻrik-tanlovlarda munosib ishtirok  etishayapti. Xususan, 2020-2021 oʻquv yilida har uch yilda bir marta musiqa va sanʼat maktablari oʻquvchilari orasida oʻtkaziladigan Muhiddin Qori Yoqubov nomidagi Respublika koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida mazkur maktabning 12 nafar oʻquvchisi ishtirok etib, 8 nafari gʻolib va sovrindor boʻlishdi. 2021-2022 oʻquv yilida “Kamalak yulduzlari” koʻrik-tanlovining Respublika bosqichida 2 nafar oʻquvchi sovrindor boʻldi.

Muassasada erishilayotgan yutuqlar, kasbiga mehri, jonkuyarligi va halol mehnatlari inobatga olinib, Yoʻldoshboy Abdalov mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi arafasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumi qaroriga muvofiq “Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlandi.

– Taqdirlash marosimida meni davraga chaqirishganida salkam 40 yillik mehnat faoliyatim zumda koʻz oʻngimga keldi. Shunday yuksak unvonga sazovor boʻlganimdan juda quvondim. Shu kun hayotimdagi eng nurli kun boʻldi. Bu unvon butun jamoamizniki, deb hisoblayman, – deydi u quvonch bilan.

Kimki, oʻz kasbini sevsa, sidqidildan mehnat qilsa, mehnat faoliyati unga sharaf keltiradi. Buni hayotning oʻzi tasdiqlaydi. Yoʻldoshboy Abdalov ham samarali mehnatlari tufayli ana shunday unvonga sazovor boʻldi.

Biz uning quvonchiga sherik boʻlib, kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026