AYoL JINOYaT KOʻChASIGA KIRIB, MUQADDAS NOMIGA DOGʻ TUShIRMASIN
Ayol – yosh avlod tarbiyachisi, mehribon ona, sadoqatli umr yoʻldoshi va jamiyatda ham oʻz oʻrniga ega inson sifatida elimizda hurmatga, eʼtiborga sazovor. Shunday boʻlsa-da, ayrim ayollarning oʻz shaʼniga nomunosib tarzda jinoyatga qoʻl urayotganligini inkor eta olmaymiz. Bu borada tumanda IIB, tuman hokimligi va tegishli mutasaddi idora-tashkilotlar bilan hamkorlikda tuman hududida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan bogʻliq jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tizimli ravishda profilaktik ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Lekin, afsuski, oʻz nafsi qurbonlari boʻlgan ayrim kimsalar jamiyatimizda jazo muqarrar ekanligini bilsalar ham huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishda davom etmoqdalar. Tumanda yashovchi xotin-qizlar tomonidan joriy yilda 23 nafar shaxs tomonidan 18 ta jinoyatlar sodir etilgan boʻlib, shundan, firibgarlik 11 ta, oʻgʻirlik 1 ta, oʻzlashtirish va rastrata 5 ta, bezorilik 1 ta, qoʻshmachilik va fohishaxona saqlash 2 ta, yengil tan-jarohati yetkazish 2 ta holatda sodir etilgan. Shuningdek, tuman hududida xotin-qizlar bilan bogʻliq 480 ta maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilib, ularga nisbatan profilaktik yigʻma jildlar yuritilgan.
Bundan tashqari, tumanimizdagi tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 109 ta xotin-qizlarga himoya orderlari berilib, tuman IIB tomonidan himoyaga olingan. Himoya ostiga olingan xotin-qizlarga nisbatan qayta tazyiq va zoʻravonlik sodir etilgan yoki himoya orderi talablarini boshqacha tarzda buzgan 3 ta holat boʻyicha huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Himoya orderi berilgan ayollar bilan mahalla vakillari, profilaktika inspektorlar va xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor tomonidan holidan xabar olinib, doimiy profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.
Tuman IIB JHX Probatsiya guruhi hisobida turib jazo muddatni oʻtab kelayotgan xotin-qizlar 18 nafar boʻlib, ular bilan manzilli ishlar olib borilmoqda. Ularni ish bilan taʼminlashda hamda ijtimoiy moslashtirishda amaliy yordamlar berilib kelinmoqda. Tazyiq va zoʻravonlik holatiga uchragan xotin-qizlar tan-jarohati bilan bogʻliq jinoyatlarning jabrlanuvchisi boʻlib qolishining oldini olish maqsadida bu boʻyicha yordam soʻrab murojaat qilganlarga tuman IIB tomonidan himoya orderi berilib borilmoqda.
Jamiyat va oila koʻrki boʻlgan ayollar hayotda oʻz oʻrnini bilishi, ayol deb atalgan muqaddas nomga dogʻ tushirmasligi lozim. Adashgan va xato qilgan xotin-qizlarga toʻgʻri yoʻlni topishlariga koʻmaklashish, zoʻravonlik qurboni, jinoyat va huquqbuzarlik sababchilari boʻlishlarining oldini olish hammamizning vazifamizdir.
Inobat Oʻrozmatova, tuman IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶